Tasavvuf ta'limoti va tariqatlari

Tasavvuf ta'limoti va tariqatlari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Tasavvuf ta'limoti va tariqatlari - rasmi

Material tavsifi

Tasavvuf ta'limoti va tariqatlari Reja: Tasavvuf ta'limotining paydo bo'lishi va uning mohiyati Markaziy Osiyoda keng tarqalgan tasavvuf tariqatlari Karmanalik tasavvuf tariqati vakillari Ma'lumki, milliy va diniy qadriyatlar asrlar davomida shakllanib o'zaro chambarchas aloqada bo'lgan va ularni bir-biridan ayri holda tasavvur qilish qiyin. Islom dinining ajralmas qismi sanalgan tasavvuf ta'limoti jamiyat hayotida dinni mustahkamlash, targ'ib etish, islomiy ilmlarni rivojlantirishda o'ziga xos mavqeiga ega bo'ldi. XVI asrlarga kelib tasavvuf ta'limoti butun islom olamida, ayniqsa, Markaziy Osiyoda yuksak darajada rivojlandi va mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayotida muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan YAssaviya (XII asr), Kubroviya (XII asr) va Xojagon-NAQSHbandiya (XII asr) tariqatlari vakillari ijtimoiy-siyosiy hayotda fol ishtirok etib, ayrim davlat rahbarlarining alohida e'tirofiga sazovor bo'ldi. Bu tariqatlar o'z taraqqiyoti davomida mahalliy urf-odat va madaniyatga islomiy an'analarni moslashtirish hamda siyosiy hayotda yetakchilik qilishga intilganliklari bilan ajralib turishlarini alohida qayd etib o'tish lozim. Tasavvuf uzoq asrlar davomida xalqimiz ma'naviyatini boyitishga xizmat qilib kelgan. Insonning ruhiy-axloqiy poklanishi, ilohiy muhabbat bilan yuksalib borishi bu ta'limotning asosiy g'oyasidir. SHu bois tasavvuf o'zida insonparvarlik g'oyalarini jamlagan holda haqiqat talabida yurgan odamlar qalbiga yo'l topdi, odamlarning poklik, abadiy hayot, ko'ngil hurriyati haqidagi orzularini ifodalab keldi. Halqimiz so'fiy darveshlarga hurmat-ehtirom orqali Alloh taologa, Uning insonni ulug'lagan qudrati va fayzu futuhiga e'tiqodlarini izhor etganlar. SHayxlarning karomatlari, so'zlari va siyratu surati yuksak axloq va ilohiy muqaddaslik namunasi sifatida qabul qilingan. Tasavvuf shayxlari xalqning ma'naviy va ruhiy madadkori sifatida maydonga chiqib, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotni rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan. Ushbu ta'limotni tarixiy nuqtai nazardan o'rganish, mashhur shayxlari hayoti va faoliyatini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgacha mavjud bo'lgan nazariy qarashlarning o'zi ham shayxlar haqidagi xotiralar, rivoyat va hikoyalar asosida umulashtirilgan. O'rta Osiyo jamiyatida tasavvuf tariqatlari o'ziga xos mafkuraviy omil sifatida namoyon bo'lib, an'ana va udumlarga kuchli ta'sir o'tkazib kelgan. SHu bilan birga bu ta'limot o'ta murakkab va ko'pqirrali bo'lib, turli davrlar ijtimoiy-siyosiy qarashlar natijasida ma'lum bir o'zgarishlarga uchragan. Boy tarixiy ma'naviy merosimizning tarkibiy qismlaridan biri sifatida bugungi kunda biz tasavvuf tariqatidagi ko'pgina talablarga tayangan holda dunyoviy jamiyat fuqarolarini barkamol qilib tarbiyalashga, ularda odob-axloq, insoniylik, halollik, poklik, kamtarinlik, kamsuqumlik, adolat, insof-diyonat kabi ma'naviy fazilatlarni shakllantirishga harakat qilmoqdamiz. Tasavvufning Luqma xilliyati, ya'ni luqmaning halolligi to'g'risidagi ta'limoti ham bugungi kunda, o'z oldiga yuksak ma'naviyatli barkamol insonlarni tarbiyalashni maqsad qilib qo'ygan. Tasavvufning kelib chiqishi haqida har-xil qarashlar mavjud. Xususan, Usmon Turar tadqiqotlarida, tasavvufni kayerdan kelib chiqqanligi va tasavvuf ahliga nima uchun sufiy deb nom berilganligi to'g'risidagi turli xil qarashlarni izohlab beradi. Ingliz sharqshunosi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.52 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.52 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga