Vahhobiylikning asosiy g'oyalari

Vahhobiylikning asosiy g'oyalari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Vahhobiylikning asosiy g'oyalari - rasmi

Material tavsifi

vahhobiylikning asosiy g'oyalari. Malumki, sunizm oqimida faqat 4 mazhab musulmon faqih-lari, mufassirlari, muhaddislari, eng nufuzli ulamolari etirof qilgan mazhab deb hisoblanadi. Bular xanafiya, molikiya, shofiiyya, xanbaliya bo'lib, ularning ichida eng keng tarqalgani xanafiya mazhabidir. Olimlarimizning fikricha, dunyoda 1,2 milliard musul-mon aholisi bO'lib, shundan 92,5 foizini sunniylar tashkil etadi. Jami sunniylardan xanafiylar 47 foiz, shofiiylar 27 foiz, moliykiylar 17 foiz va xanabiylar 1,5 foizni tashkil etadi. Qolgan 7,5 foizi shialar, ibodiylar va xorijiylardan iborat. Islomning 14 asrlik tarixi tajribasi shuni ko'rsatadiki, unda ham qanday yangi bir mazhabni targ'ib qilib, toifachilikka berilish yoki biror oqim yaratishga intilish doimo siyosiy va g'arazgo'ylik maqsadlariga xizmat qilgan. Hatto musulmon dunyosining muayyan bir qismida rasmiy islom oqimi deb etirof qilingan shiizm ham dastlabki shakllanishida malum siyosiy maqsadlar tufayli vujudga kelgan. Vahhobiylar sunniylarning faqat 1,5 foizini tashkil etuvchi xanbaliylar mazhabiga mansub bO'lib, ular asosan Saudiya Arabistonida yashaydi. Ular dunyoviy qadriyatlarga nisbatan o'ta murosasiz diniy mafkuraga asoslangan. Vahhobiylar sunniylikdagi juda ozchilikni tashkil etuvchi xanbaliylar oqimiga mansub bO'lishiga qaramay, musulmon aholisining ko'pchiligini tashkil etuvchi xana-fiylarni islom dinidan chekinuvchilar deb o'rinsiz hisoblaydilar. Vahhobiylik harakati hozirgi Saudiya Arabistoni hududida, VII asrda, shu maqsadda vujudga kelgan. Uning g'oyaviy asosini islomning dastlabki holatiga qaytishni maqsad qilib olgan aqidaparastlik tashkil qiladi; siyosiy sifatini jamiyatning ma'naviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy hayotini shu aqidaparastlik asosiga qurilgan siyosiy tuzumni barpo qilish g'oyasi tashkil qiladi. Asrimizning boshlarida tashkil topgan xorijiy musulmon davlatlarida yuzaga kelgan bunday diniy oqim, tashkilot, partiyalar esa O'z oldiga asosan milliy mustaqillikka erishish vazifasini qO'yganlar. Ammo islomdagi bunday oqimlarning deyarli barchasi ham bu harakatlarga vosita deb qaramasdan, oxirgi maqsad deb qaraganlari uchun yo muvaffaqiyatsizlikka uchraganlar, yo muayyan bir darajadagi salbiy oqibatlarga olib kelganlar. O'rta asrlar tarixi shuni ko'rsatdiki, bu harakatlarning aksariyati faqat xayoldagina (utopiya) bo'lib qolgan; ayrim hollarda esa butun bir mamlakatlar va xalqlar o'rtasida dahshatli, beqiyos bo'lgan qonli urushlarga olib kelgan. Masalan, XVI asrda boshlangan shiizm (safaviylik) va sunnizm (shayboniylar) o'rtasidagi go'yo haqiqiy din uchun kurash niqobidagi urushlar butun bir Xuroson va Movarounnahr o'lkalarini bir necha asr davomida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tanazzulga tushishining asosiy sabablaridan biri bo'lgan edi. Islomni vosita deb emas, maqsad qilib olgan o'tgan asrda vujudga kelgan turli oqimlar esa oqibatda islom fundamentalizmiga olib keldi. Buning isboti uchun uzoqqa borishning hojati yo'q. Ko'pchilik xorijiy musulmon mamlakatlaridagi terroristik harakatlar, yaqin qo'shni o'lkalardagi qonli to'qnashuvlar bunga misol bo'la oladi. I.Karimov o'zining O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolat-lari kitobida bu haqda bunday deb yozgan edi: Afsuski, insoniyat tarixida diniy ongning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 134.86 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 134.86 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga