Veda va Veda dinlari

Veda va Veda dinlari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Veda va Veda dinlari - rasmi

Material tavsifi

Veda va veda dinlari. Vedalar. Eramizdan avvalgi 2­ming yilliklar o'rtalarida Hindistonga Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari farq qilgan xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Yevropatillariga o'xshash bo'lgan sanskrit tilida gaplashar edilar, o'zlarini esa oriylar (aslzodalar) deb atar edilar. Ular O'zlari bilan muqaddas yozuvlarini ham olib keldilar. Ular Vedalar (sansk. tilida­ bashorat) edi. Uning tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bO'lib, ular ibodat, marosimlar, falsafiy ta'limotlar, tarixiy axborotlarni o'z ichiga olgan edi. Vedalarning boshqa muqaddas kitoblardan (mas. Bibliya) yozuvlaridan farqli tomoni shunda ediki, ular nihoyasiga etkazilmagan va oxiri ochiq edi. Unga keyingi ruhoniylar tomonidan ham qo'shimchalar qo'shish imkoni bor edi. Shuning uchun keyinchalik bu yozuvlar juda ham kengayib ketdi. Vedalarda 33 ta, bazi manbalarga ko'ra 33 yoki 339 ta afsonaviy xudolar haqida madhiyalar bitilgan. Bu xudolarning eng mashhurlari­ Indra, Varuna, Mitra, Dyaus, Adita, Agnyu, Vishnu, Krishna. Veda tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo'lib, ular o'z ichida ibodat, marosimlar, falsafiy ta'limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi. Vedalar 4 yirk to'plamdan iborat: 1) Rigveda (madxiyalar vedasi); 2) Samaveda (qo'shiqlar vedasi); 3) Yajurveda (qurbonliklar vedasi); 4) Axtarva veda (afsun va jodular vedasi). Vedalarda butun tabiatni iloxiyligi haqida ta'limot ilgari suriladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Hindiston ko'pxudolikning o'chog'i hisoblanadi. Undagi tasavvurlarda biri ikkinchisidan yuqori bo'lgan ikkinchisi pastroq bo'lgan qator iloxlar siymosi namoyon bo'ladi. Braxmanlik. Eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklarga kelib oriylar Hindistonda o'zlarining knyazliklariga ega bo'ldilar. Vedalarning marosimlar haqidagi ko'rsatmalari ancha murakkablashdi. Shu davrga kelib aholi o'rtasida braxmanlarning nufuzi oshib ketdi. Ular oldingi ta'limotlarini isloh qilib, yangicha diniy qonun­qoidalarni ishlab chiqdilar va braxmanlik diniga asos soldilar. Braxmanlik ta'limoti kastalar (ijt.tabaqalar) ga asoslangan, yani jamiyatdagi insonlar o'zlarining kelib chiqishlari, mansablari va hunarlariga ko'ra turli tabaqalarga bO'linadilar. Braxmanlikda eng yuqori kasta braxmanlar. Ular xudoning tilidan yaratilgan bo'lib, xudolar nomidan gapirish huquqiga ega edilar. Ikkinchi kasta kshatriylar. Ular xudoning qo'lidan yaratilgan insonlar hisoblanib, podshohlar, knyazlar, jangchilar shular jumlasiga kiradi. Kastalar­ning yana biri vayshlar. Ular xudoning sonidan yaratilgan insonlar hisoblanib, savdogarlar va hunarmandlar shu kastaga mansubdirlar. Kastalarning eng quyi tabaqasi shudralardir. Ular xudoning oyog'idan yaratilgan hisoblanib, oddiy xalq, dehqonlar shular jumlasiga mansub. Braxmanlikning kastachilik asoslari yer. av. V asrlar yashagan Hindistonning yarim afsonaviy hukmdori Manu qonunlarlarida mustahkamlangan. Braxmanlikdagi ruhning ko'chib o'tish ta'lim Hindistonning deyarli barcha din va falsafalariga ta'sir etgan. Hinduizm ­ hozirgi Hindistonda tarqalgan din shaklidir. U eramizdan oldingi dinlar­braxmanizm va vedizmning evolyutsiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o'rtalariga kelib shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Hozirgi vaqtda Hindiston aholisining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 386.42 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 386.42 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga