Vedalar va veda dinlari

Vedalar va veda dinlari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Vedalar va veda dinlari - rasmi

Material tavsifi

Vedalar va veda dinlari Vedalar. Eramizdan avvalgi 2-ming yilliklar o'rtalarida Hindistonga Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari farq qilgan xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Yevropatillariga o'xshash bo'lgan sanskrit tilida gaplashar edilar, o'zlarini esa oriylar (aslzodalar) deb atar edilar. Ular o'zlari bilan muqaddas yozuvlarini ham olib keldilar. Ular Vedalar (sanskr. tilida - Bashorat) edi. Uning tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo'lib, ular ibodat, marosimlar, falsafiy ta'limotlar, tarixiy axborotlarni o'z ichiga olgan edi. Vedalarning boshqa muqaddas (mas. Bibliya) yozuvlardan farqli tomoni shunda ediki, ular nihoyasiga etkazilmagan va oxiri ochiq edi. Unga keyingi ruhoniylar tomonidan ham qo'shimchalar qo'shish imkoni bor edi. Shuning uchun keyinchalik bu yozuvlar juda ham kengayib ketdi. Vedalarda 33 ta, bazi manbalarga ko'ra 33 yoki 339 ta afsonaviy xudolar haqida madhiyalar bitilgan. Bu xudolarning eng mashhurlari - Indra, Varuna, Mitra, Dyaus, Adita, Agnyu, Vishnu, Krishna. Braxmanlik. Eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklarga kelib oriylar Hindistonda o'zlarining knyazliklariga ega bo'ldilar. Vedalarning marosimlar haqidagi ko'rsatmalari ancha murakkablashdi. Shu davrga kelib aholi o'rtasida braxmanlarning nufuzi oshib ketdi. Ular oldingi ta'limotlarni isloh qilib, yangicha liniy qonun-qoidalarni ishlab chiqdilar va braxmanlik diniga asos soldilar. Braxmanlik ta'limoti kastalar (ijt.tabaqalar)ga asoslangan, yani jamiyatdagi insonlar o'zlarining kelib chiqishlari, mansablari va hunarlariga ko'ra turli tabaqalarga bo'linadilar. Braxmanlikda eng yuqori kasta braxmanlar. Ular xudoning tilidan yaratilgan bo'lib, xudolar nomidan gapirish huquqiga ega edilar. Ikkinchi kasta kshatriylar. Ular xudoning qo'lidan yaratilgan insonlar hisoblanib, podshohlar, knyazlar, jangchilar shular jumlasiga kiradi. Kastalarning yana biri vayshlar. Ular xudoning sonidan yaratilgan insonlar hisoblanib, savdogarlar va hunarmandlar shu kastaga mansubdirlar. Kastalarning eng quyi tabaqasi shudralardir. Ular xudoning oyog'idan yaratilgan hisoblanib, oddiy xalq, dehqonlar shular jumlasiga mansub. Braxmanlikning kastachilik asoslari yer. av. V asrlarda yashagan Hindis-tonning yarim afsonaviy hukmdori Manu qonunlarida mustahkamlangan. Braxmanlikdagi ruhning ko'chib o'tish ta'limoti Hindistonning deyarli barcha din va falsafalariga ta'sir etgan. Hinduiylik. Eramizdan avvalgi VI asrda Hindistonda keyinchalik jahon dinlaridan biriga aylangan Buddaviylik vujudga keldi. U braxmanlikdagi bir necha elementlarni qabul qilgan bo'lsa-da, kasta ta'limotini inkor etdi. O'sha davrda Hindistondagi kasta tuzumini saqlab qolishga, braxmanlik dinini isloh qilib, qayta tiklashga harakat boshlandi. Bu harakat braxmanlik bilan buddaviylik o'rtasidagi kurashni ifodalovchi hinduiylik edi. Hinduiylik ko'pxudolik dini bo'lib, unda braxmanlikning asosan uchta xudosi tan olinadi; 1) koinotning yaratuvchisi bo'lgan Braxma; 2) dunyo nizomini ushlab turuvchi Vishnu; 3) koinotni halok qilish qudratiga ega Shiva. Hinduiylik ta'limotiga ko'ra olam, hayotning barcha shaklini Braxma yaratgan. Biroq Braxma bu dinda uch xudoning nomigagina boshlig'i. Hozir Braxmaga sig'inish deyarli yo'q. Hinduiylar asosan Vishnu va Shivaga sig'inadilar, ularga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.96 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.96 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga