VIJDON ERKINLIGI VA DINIY tashkilOTLAR. R e j a : Vijdon erkinligi tushunchasi. Sho'rolar davrida vijdon erkinligida yo'l qo'yilgan xatolar. Mustaqil O'zbekistonda vijdon erkinligining konstitusion kafolatlari. Din, e'tiqod erkinligi va ilmiy dunyoqarash Vijdon erkinligi tushunchasi. Vijdon erkinligi kishining biror dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqidir. Shuning uchun bu muammo ijtimoiy hayotda tarixan muhim va murakkab masala bo'lib kelgan. Vijdon erkinligi huquqi kishilarning dinga bo'lgan munosabatidan tashqari shaxsning demokratiq adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalarni ham qamrab oladi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog'lom va barkamolligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o'rni va bajaradigan vazifalari g'oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar tashkilotinirng Ustavidan tortib, barcha xalqlar hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitusiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o'z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklarasiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o'z dini yoki e'tiqodini o'zgartirish erkinligini, o'z dini yoki e'tiqodiga o'zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o'z ichiga oladi. Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma'lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo'ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, obyektiv va subyektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda albatta milliy, mafkuraviy, madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kerak. Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o'z e'tiqodlaridan qaytarib, dinni ma'muriy tarzda taqiqlab qo'yishning har qanday nazariy va amaliy ko'rinishlariga chek qo'yadi. Shuningdeq u jamiyatdagi barcha konfessiyalar, ya'ni dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e'tiqod qiluvchi kishilarni teng huquqli deb biladi, biron bir dinni imtiyozli, boshqa dinlardan ustun qilib qo'ymaydi. Shu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon erkinligining amalda namoyon bo'lish belgilaridan biri deb hisoblaydi. Sho'rolar davrida vijdon erkinligida o'yl ko'yilgan xatolar. Oktabr to'ntarishidan keyin dastlabki davrlarda vijdon erkinligi masalasini, ya'ni davlat va din o'rtasidagi yangi munosabatni izchillik bilan amalga oshirishga harakat qilindi. Bu sohada 1918 yil 23 yanvarda RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi tomonidan e'lon qilingan «Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to'g'risida»gi dekret dastlabki qadam bo'ldi. Bu dekretda davlat organlari yoki diniy tashkilotlar tomonidan fuqarolarning vijdon erkinligiga zo'rlik va tazyiq ko'rsatishning har qanday ko'rinishlariga chek qo'yish; ularga dinga bo'lgan munosabatlarini amalga oshirishda to'la erkinlik berish; dinga munosabat bilan bog'liq bo'lgan shaxsning huquqlarini ilgarigidek cheklab ko'yishlarni bekor qilish; hamma rasmiy aktlarda dinga bo'lgan mansublik ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.05 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.05 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: doc