Xitoy va Yapon dinlari Reja: Konfutsiylik. Daochilik. Sintoiylik. Tayanch tushunchalar: Konfutsiy (Kun Tszi), Li qonunlari, Dao - yaratuvchi, de - yaxshi fazilat, Samoviy Dao, Ikkita to'qqizlik, Besh La, Nefrit imperatori, Kami, Kodziki, Takama-noxara, Akitsusima. Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi mamlakatlardan biri hisoblanib, arxeologik ma'lumotlarning xabar berishicha, u yerda odamlar qadimgi tosh davridanoq yashay boshlaganlar. Qadimgi Xitoy davlati tarixi quyidagi to'rt davrga: 1) Qadimgi Xitoy davlatining tashkil topishi - Shan (In) davlati (mil.avv. XVII-XII asrlar); 2) Chjou davlati (mil.avv. XI-II asrlar); 3) Sin podsholigi (mil.avv. 221-207 yillar); 4) Xan podsholigi (mil.avv. 206 yildan milodning 220 yiligacha) davriga bo'lib o'rganiladi. So'nggi davr quldorlik davlatining feodal davlatga aylanishi bilan xarakterlanadi. Olimlar, adiblar, qirol va imperatorlar dini deya etirof etilgan Konfutsiylik Qadimgi Xitoyning diniy-falsafiy ta'limotlaridan biri bo'lib, unga mil.avv 6 asrda faylasuf va pedagog Konfutsiy (Kun Tszi, mil.avv. 551-479 yil) asos solgan. U Xitoyning hozirgi Lu shahrida 27 avgust kuni mahalliy sehrgarlarga qarashli tuproqli tepalikdagi g'orda tug'ilgan. Shuning uchun ham tug'ilgan vaqtida uni Chjun Ni Tsyu (Chjun - ikkinchi o'g'il, Ni - tuproq, Tsyu - tepalik) deb ataganlar. Bobosi o'zi yashagan viloyatda voliy, otasi - Shu Lanxe esa Lu podshohligida harbiy zobit bo'lib xizmat qilgan. Uch yoshida otasidan ayrilgach yolg'iz onasi bilan qoladi, biroq ko'p o'tmay onasi ham vafot etadi. Og'ir qiyinchiliklarga qaramasdan, Konfutsiy kelajakdagi mavqeini mustahkamlash uchun kuchli ishtiyoq bilan o'z ustida muntazam ishlab, yaxshi ta'lim-tarbiya va bilim olishga erishadi. Mil.avv VI-V asrlarda Xitoyda Lyu Ining olti san'atini egallagan odam bilimli hisoblangan. Shuning uchun ham yosh Konfutsiy mazkur san'atlarni o'zlashtirishga astoydil kirishadi va buning uddasidan chiqadi. U har doim o'zini qiziqtirgan savollarga mukammal javob topishga, Lu podshohligining davlat qurilish tizimini va Li qonunlaridagi axloq normalarini to'liq o'zlashtirishga harakat qiladi. U mil.avv 533 yil Sun podshohligidagi Tsi oilasidan uylanib, ikkita farzandli (bir o'g'il, bir qiz) bo'ladi. Konfutsiy o'zining bosib o'tgan umriga nazar solib, u haqda shunday deydi: Men 15 yoshda bor etiborimni faqat o'qishga qaratdim, 30 yoshda mustaqil fikrlaydigan bo'ldim, 40 yoshda shubha-gumonlar iskanjasidan qutildim, 50 yoshda Osmonning irodasini anglab etdim, 60 yoshda haqni nohaqdan ajratishni o'rgandim, 70 yoshda qalbim amriga bo'ysundim va diniy marosimlarni bekamu-ko'st bajardim. Konfutsiy dastlab o'zidan oldin yashab o'tgan buyuk shaxslarning hikmatli so'zlarini sharhlash bilan shug'ullangan va bu orqali uning shuhrati asta-sekin har tomonga yoyila boshlagan. Qisqa muddat mamurlik ishlaridan keyin ta'limotini amaliyotga joriy qilish maqsadida xayrixoh bir hukmdorni izlash uchun o'z oilasini tashlab, bir necha yil dunyo kezib yuradi. Chunki, uning ta'limoti o'sha paytdagi siyosiy muhitga munosib ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.89 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.89 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: docx