Mavzu: Xristianlik dini marosimlari Reja: Xristianlik dini Muqaddas manbalari Xristianlik marosimlari Cho'qintirish marosimi Yevxaristiya marosimi Miro moyi surtish marosimi Tavba-tazarru qilish marosimi Yeley surtish marosimi Nikoh marosimi Xristianlik dini Xristianlik (yunoncha christos - muqaddas yog' surtilgan, xaloskor) milodning I asrida Falastinda yuzaga kelgan jahon dinlaridan biri. Mazkur din izdoshlari soni bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turib, Yer yuzi aholisining qariyb 2 milliardi unga e'tiqod qiladi. Xristianlik ta'limotining paydo bo'lishi Iso Masih shaxsi bilan bog'liq. Shuni alohida takidlash lozimki, Iso shaxsi haqidagi munozaralar fanda mifologik va tarixiy maktablarning paydo bo'lishiga olib kelgan. Birinchi maktab vakillari Iso ning tarixiy shaxs ekanligi haqida fan ishonchli ma'lumotga ega emas, deb hisoblaydilar. Ular xristianlikning Falastindan tashqarida vujudga kelgani, shuningdek xristianlikka doir rivoyatlarning sharq madaniyatidagi vafot etib, tiriladigan xudolar to'g'risidagi asotirlarga o'xshash ekani, Injillarda ziddiyatlar va turlicha talqinlar mavjudligini buning isboti sifatida keltiradilar. MUQADDAS MANBALARI Xristianlikning muqaddas manbai Qadimgi Ahd va Yangi Ahd deb nomlanuvchi ikki bo'limdan tarkib topgan Bibliya (yunoncha - kitoblar) kitobi hisoblanadi. Qadimgi Ahd Tavrot, Zabur va boshqa bir necha kitob va gimnlarni o'z ichiga olib, umumiy hisobda 39 kitob, yani bo'limlardan iborat. Yangi Ahd to'rt Xushxabar (Injil, Yevangelie), havoriylar faoliyati (bir kitob), havoriylarning maktublari (21 ta) va Vahiynoma ni o'z ichiga olgan 27 kitob, yani bo'limlardan tashkil topgan. Mark, Matto (Matvey), Luqo (Luka) va Yuhanno (Ioan)lar xushxabarlarning mualliflari hisoblanib, barcha xristianlar tomonidan teng kuchli va qonuniy (kanonik) kuchga ega, deb tan olinadi. Injillar orasida eng qadimiysi Matto injili hisoblanib u Iso vafotidan 4 yil keyin ibroniy-yaxudiy tilida yozilgan. Mark, Matto va Lukqo injillari bir-biriga juda o'xshash bo'lgani sababli sinoptik Injillar deb ataladi. Muqaddas kitob Muqaddas rivoyatlar (Papalar maktublari va xristian soborlarining qarorlari) bilan to'ldiriladi, lekin Muqaddas rivoyatlar bazi xristianlik yo'nalishlari tomonidan tan olinmaydi. XRISTIANLIK MAROSIMLARI Insonning bunday talqini faqat xristianlikka xos bo'lgan sirli marosimlar (Din ta'limotiga binoan ushbu marosimlarda Muqaddas Ruh ishtirok etadi, va aynan shu sababli ular sirli deb ataladi) - inson hayotiga ilohiylikni kiritish maqsadida qilinadigan o'ziga xos topinish (kult) harakati - tushunchasi bilan bog'liqdir. Ular: cho'qintirish (xristianlik diniga kiritish); evxaristiya (non va vino tamaddi qilish); ruhoniylikunvonini berish; tavba qilish, miro surtish; eley moyi surtish; nikoh. Cho'qintirish marosimi Cho'qintirish (kreshenie - suvga botirish). Xristianlik ta'limotiga ko'ra, cho'qintirish orqali kishi dinga qabul qilinadi, yani cherkov azosiga aylanadi. Bu marosim insonni uch marotaba suvga botirish yoki boshidan suv quyish bilan birga, ruhoniy tomonidan maxsus so'zlarni aytish orqali amalga oshiriladi. Injilga ko'ra, cho'qintirish va Muqaddas ruhning kelishi osmondan tug'ilishning maxsus shartlaridan biridir. Uning asosi ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
60.55 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
60.55 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: pptx