Xristianlik Reja Xristianlik tarixi. Muqaddas manbalari. Xristianlik ta'limoti. Xristianlik marosimlari. Xristianlik yo'nalishlari. Xristianlikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi. Tayanch tushunchalar: Missiya, Ota-Xudo, O'g'il-Xudo, Muqaddas ruh, xristianlikning oqimlarga ajralishi, Pravoslavlik, Katoliklik, sirli marosimlar, cho'qintirish (xristianlik diniga kiritish), prichastie (non bilan tamaddi qilish), cherkovda gunohlarga tavba qilish, nikoh ahdi, badanni yog' bilan ishqalash (soborovanie), cho'qinuvchining pesxonasiga muqaddas yog' surkash, ruhoniylik, Isoning tug'ilishi, Xudoning uch qiyofasi, Protestantlik, indulgensiya (pul evaziga gunohlarni kechirish), arof (chistilishe), anglikanlik, lyuteranlik, kalvinizm, Bibliya, «Havoriylar amallari», Injil, Qadimiy Ahd, Yangi Ahd. Xristianlik (yunoncha christos - muqaddas yog' surtilgan, xaloskor) milodning I asrida Falastinda yuzaga kelgan jahon dinlaridan biri. Mazkur din izdoshlari soni bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turib, Yer yuzi aholisining qariyb 2 milliardi unga e'tiqod qiladi. Xristianlik ta'limotining paydo bo'lishi Iso Masih shaxsi bilan bog'liq. Shuni alohida takidlash lozimki, Iso shaxsi haqidagi munozaralar fanda mifologik va tarixiy maktablarning paydo bo'lishiga olib kelgan. Birinchi maktab vakillari Isoning tarixiy shaxs ekanligi haqida fan ishonchli ma'lumotga ega emas, deb hisoblaydilar. Ular xristianlikning Falastindan tashqarida vujudga kelgani, shuningdek xristianlikka doir rivoyatlarning sharq madaniyatidagi vafot etib, tiriladigan xudolar to'g'risidagi asotirlarga o'xshash ekani, Injillarda ziddiyatlar va turlicha talqinlar mavjudligini buning isboti sifatida keltiradilar. Tarixiy maktab vakillari esa Iso Masihni real shaxs deb hisoblab, u xristianlik ta'limoti asoslarini shakllantirgan, yangi dinni targ'ib qilgan, deb hisoblashadi. Uning qator shogirdlari va u bilan bevosita muloqot qilgan shaxslarning tarixiyligi Isoning haqiqatan mavjud bo'lganligini isbotlaydi deb hisoblaydilar. Hozirgi kunda fan Iso mavjud bo'lganligini isbotlovchi qator manbalarga ega. Xususan Iosif Flaviyning Qadimiyotlar asarining Rim prokuratori Pontiy Pilatga bag'ishlangan bobida Iso yangi e'tiqodni targ'ib etgani va unga ko'pchilik yahudiylar va yunonlar ergashgani qayd etilgan. Lekin, shunga qaramay, Iso Masih hayoti, ilgari surgan ta'limoti haqida to'liq ma'lumot beruvchi asosiy manba bo'lib hanuz Bibliyaning Yangi Ahd qismi xizmat qiladi. Xususan, unga ko'ra Iso Falastinning Baytlahm (zam. Vifliem) shaharchasida, yahudiy oilasida tug'ilgan. Uning onasi Maryam mo'jizaviy suratda, yani bokira holida homilador bo'ladi. Tug'ilgan go'dakka Iso (yahudiy tilida Yeshua, yani Tangri najot berdi) deb ism qo'yishadi. Isoning bolaligi haqida ma'lumotlar juda kam, faqatgina Iso tug'ilgach Maryam Yusuf ismli duradgorga turmushga chiqqani va ular podshoh Hirod zulmidan qochib Misrga ko'chib ketishgani, bo'lg'usi payg'ambar yahudiy an'analariga mos ravishda ulg'aygani qayd etiladi. Iso o'ttiz yoshga kirganda Xudoning amri bilan Yahyo payg'ambar oldiga boradi. O'sha paytlarda Yahyo isroilliklar orasida targ'ibot olib borib, ularni oxiratdan ogohlantirar, tezroq tavba qilib gunohlardan poklanishga chaqirar, izdoshlarini Iordan daryosi suvida cho'qintirar edi. Xristianlar ilk mo'jizalar mazkur cho'qintirish voqeasidan so'ng boshlanganini takidlaydilar. Yahyo Isoni suvda cho'qintirgach, birdan ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
58.17 KB
Ko'rishlar soni
170 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
58.17 KB
Ko'rishlar soni
170 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: docx