Xristianlik dini Xristianlik Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qitalarida hamda qisman Afrika qitasining janubiy qismida va Osiyo qitasining sharqiy qismida tarqalgan. Xristianlik milodiy I asrning ikkinchi yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismi-Falastinda yashovchi yahudiylar o'rtasida paydo bo'lgan va birinchi o'n yillikdayoq atrofdagi xalqlarga tarqala boshlangan. Xristianlikning tez yoyilishiga sabab, barcha alamdiydalar, jafokashlarga murojaat qilib, ularning ko'ngillariga samoviy kuchlar yordami bilan tez vaqt ichida zolimlar ustidan g'alaba qozonish ishonchini, yaqin fursatda Yer yuzida «ilohiy saltanat» o'rnatilishidan umidvor bo'lish hissining jo etilganligidir. Xristianlikning nomi, uning asoschisi Xristos (Iisus Xristos 25 dekabr mil. av. 1 asrda) nomidan olingan. Hazrati Iyso alayhissalomga 30 yoshida Xudo tomonidan Injil vahiy qilingan. Bu kitobni Iyso alayhissalomning 12 shogirdlari-havoriylar payg'ambar vafotidan keyin milodiy I-II asrlarda yozib kitob holiga keltirganlar. Xristianlikning aqidalari, e'tiqod talablari, huquqiy va axloq me'yorlari, cheklov va taqiqlari ana shu kitobda yozilgan. Xristianlik diniga dunyoning 1 mlrd. 600 mln.aholisi e'tiqod qiladi Xristianlik dini manbasi Bibliya (Injil) Ikki qismga bo'linadi Qadimgi Ahd (Tavrot va Zabur). Ahd so'zi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini bildiradi. Iso Masih tug'ilishidan avval yozilgan. Ibriy va aramiy (eski yahudiy) tillarida Yangi Ahd (Injil). Iso Masih tug'ilganidan keyin 1asrda yozilgan. Yangi Ahd matni yunon (qadimgi grek) tilida yozilgan. Xristianlikning muhim aqidalaridan biri: Iyso payg'ambarning dunyoga kelishi, uning xalqqa, Xudo saltanatining yaqinlashib qolganligini elon qilishi, uning odamlarni gunohdan halos etish uchun qiynoqlarga solinishi va dahshatli tarzda o'ldirilishi, keyin yana tirilib osmonga ko'tarilib ketganligi, zamona oxirida yana qaytib kelishi va adolatli podshohlik o'rnatishi va boshqalar Injilda yoritib berilgan. Xristianlik yuksak insonparvarlik g'oyalari bilan to'lib-toshgan, o'ta yuksak insoniylik bilan sug'orilgan axloqiy me'yorlarni va sahovat, rahmdillik, o'z yaqin kishilarini sevish, hamdardlik, hamma narsani kechirish va bular asosida jamiyatning axloqiy va madaniy kamoloti xristianlik qoidalariga asoslanishi lozimligini talab etgan. Xristianlik Xristianlikning asosiy g'oyalaridan biri muqaddas uchlikka e'tiqod qilishdir : Ota-xudo O'g'il-xudo Xudo-Muqaddas Ana shu yanglish, xato, botil aqidalar tufayli ular musulmonlar tomonidan Kofir (kufrga ketgan) deb ataldilar. Xristian dini yo'nalishlari Kalvinizmlar Presviterianlar Anglikan cherkovi Baptizm Adventist harakati Anglikan cherkovi- Angliyaning davlat cherkovi1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VII ni cherkov boshlig'i deb elon qildi, yani cherkov qirol hokimiyatiga bo'ysundirildi. Baptizm ( yunoncha suvga cho'ktirish) XVII asr boshlarida vujudga kelgan. Bu ta'limot tarafdorlari faqat o'spirinlarnigina cho'qintirishga olib boradilar. Xech kim, jumladan, ota-onalar xam kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o'zi ixtier qilmog'i zarur, degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir. Adventistlar ( lotincha-kelish) harakati Amerikada XIX asrning 30 yillari og'ir ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.94 MB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.94 MB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: ppt