Yahudiylik dini tarixi

Yahudiylik dini tarixi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Yahudiylik dini tarixi - rasmi

Material tavsifi

Yahudiylik Reja: Yahudiylik dinining yuzaga kelishi. Muqaddas manbalari. ta'limoti. Ibodat va bayramlari. Oqimlari. Yahudiylik Markaziy Osiyoda. Tayanch tushunchalar: Ibroniy, Tanax, Yahve, Talmud, Banu Isroil, Muso, Isroil, Quddus, Sinagoga, Mezuza. Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri bo'lgan Yahudiylik taxminan mil.avv. 2 - ming yillikda Misrda paydo bo'lgan. Ushbu din ta'limotiga ko'ra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr erlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay tog'ida vahiy yubordi va yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi. Hozirda dunyo bo'yicha taxminan 15-20 million kishi yahudiylikka e'tiqod qiladi. Ulardan 4,4 millioni Isroilda, 6 millioni AQSHda, qolganlari esa Yevropava dunyoning boshqa mamlakatlarida istiqomat qiladi. Yahudiylikning muqaddas kitoblarida Bani Isroil bilan Tangri orasidagi ahdga keng o'rin berilgani uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun ham, bu din Ahd dini sifatida ham etirof etiladi. Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va payg'ambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda diniylik va milliylik o'zaro birlashib ketgan bo'lib, ularni bir-biridan alohida tushunish mumkin emas. Yahudiylik dini vakillari tarixiy va adabiy - badiiy manbalarda yahudiy, ibroniy va isroil o'g'illari kabi nomlar bilan tilga olinadi. Bani Isroilning 12 qabilasiga asos solgan, deb hisoblanadigan Ishoq payg'ambarning o'g'li Yaqubning 12 o'g'lidan birining ismi Yuda yoki Yahuda bo'lgan degan taxmindan kelib chiqqan holda uning ismiga monand ravishda yahudiy atamasi shakllangan. Muso payg'ambarning Biz senga qaytib, yolvordik so'zlariga tayanib bayon etilgan boshqa bir taxminga ko'ra, yahudiy so'zi arabcha هاد(hoda) o'zagidan kelib chiqqan bo'lib, qaytish va tavba qilish manolariga ega. Tarixiy manbalarda ibroniy atamasi (ibr. Ibri - narigi tomonning odami, kelgindi) Frot va Iordan daryolarining narigi tarafidan kelgan ko'chmanchilarga nisbatan ishlatilgan. Bu nom Falastinning Kanon o'lkasida yashovchi mahalliy xalq tomonidan Yahudiylarga nisbatan ham ishlatilgan va davrlar o'tib, ushbu ikki so'z sinonimlarga aylangan. Yahudiylarning o'zlari orasida keng tarqalgan qarashlarga ko'ra, Isroil atamasi Xudo bilan kurashib uni enggan degan manoni anglatadi. Ibtido kitobining 32 - bobi 28 - matnida keltirilishicha, bugungi kunda barcha yahudiylarga nisbatan ishlatiladigan Isroil o'g'illari nomi Yaqub payg'ambarga Xudo tomonidan berilgan. Yuqoridagi kabi yondashuvlarni umumlashtirgan holda mutaxassislar orasida bu xalq Kanon (Falastin)ga joylashishdan oldin yahudiy, Kanonda ibroniy, keyinroq esa Bani Isroil deb nomlangan va ushbu uch atama bir-birining o'rniga ishlatilgan, degan qarashlarda muayyan yakdillik mavjudligini alohida qayd etish lozim. Umuman olganda, yahudiylikda nasl-nasab otaga emas, balki onaga qarab belgilanishidan kelib chiqqan holda yahudiy onadan tug'ilganlar boshqa din tanlamaydilar. Agar boshqa millat vakillari yahudiylikka o'tishni istasa, unda u ruhoniylar tomonidan belgilab qo'yilgan diniy qonun-qoidalarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.93 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.93 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga