Zamonaviy dunyoning konfessional manzarasi

Zamonaviy dunyoning konfessional manzarasi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Zamonaviy dunyoning konfessional manzarasi - rasmi

Material tavsifi

ZAMONAVIY DUNYoNING KONFYeSSIONAL MANZARASI RYeJA Konfessiya tushunchasining mazmun mohiyati. Dunyodagi konfessional o'zgarishlarning sabablari. Dunyoning bugungi kundagi konfessional manzarasi. O'zbekiston Respublikasidagi konfessiyalararo munosabatlar. Konfessiya so'zi (lotincha - confessio) o'zbek tiliga aynan tarjima qilinganda e'tiqod qilish, degan manoni anglatadi. Mutaxassislar hoziri kunda dunyoda taxminan 100 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar. Dunyodagi konfessional o'zgarishlarning sabablari : globallashuv jarayonlarining o'ziga xos inikosi; kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni hal qilish yo'llari haqidagi o'y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg'unligini ta'minlagan holda bugungi kunning og'ir va murakkab savollariga to'laqonli javob topishga intilishi bilan bog'liq; Migratsion jarayonlar; Demografik omillar; Missionerlik va prozelitizm. 1970 - 2005 yillar orasida konfessiyalar izdoshlari sonining o'sishi tendensiyasi Bugungi kundagi o'zgarishlar haqida gap ketar ekan quyidagilarni alohida qayd etish lozim. Eng avvalo, shakllangan dinlar doirasida muayyan o'ziga xosliklarga ega bo'lgan yangi yo'nalish va sektalarning paydo bo'lishi davom etmoqda. Masalan, mutaxassislar ma'lumotlariga ko'ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo'lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi. Sekta so'zi, eng umumiy manoda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. Diniy sekta deganda malum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo'lmagan holda din bayrog'i ostida faoliyat ko'rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo'nalishga mansub bo'lgan ko'plab sektalar faoliyat ko'rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 500 atrofida, deb baholaydilar. Dunyoning bugungi kundagi konfessional manzarasi diniy-ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo'lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilmoqda; mavjud diniy ta'limotlar, ulardagi muayyan qoidalarni davr talabiga moslashtirish, boshqacha aytganda, modernizatsiya qilish jarayoni davom etmoqda; mavjud dinlarning tarqalish hududida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Bunday o'zgarishlar, bir tomondan, globallashuv keltirib chiqarayotgan odamlar migratsiyasi, ikkinchi tomondan, kishilarning buddaviylik va asosan islomni ongli tarzda qabul qilishi bilan bog'liq. O'tgan asrda asosan xristianlar yashab kelgan Yevropada bugungi kunda 20-25 million atrofida musulmonlar istiqomat qilmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniyada - 3 million, Germaniyada - 5 million, Fransiyada - 6-7 million Islomga e'tiqod qiluvchi fuqarolar yashamoqda. Tadqiqotchilar fikriga ko'ra, hozirda aynan islom e'tiqodchilari soni eng tez ko'payib borayotgan din hisoblanadi. Birlashgan millatlar tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, islomning yillik o'sish surati 6,4 foizni tashkil etib, 1989 yildan 2011 yilga qadar musulmon aholi soni Shimoliy Amerikada - 25, Afrikada - 2,15, Osiyoda - 12,57, Yevropada - 142,35, Avstraliya va Okeaniyada - 257,01 foizga ko'paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e'tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga kamaygan. ma'lumotlarga ko'ra asr boshidan bugungi kunga qadar 1 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 571.67 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 571.67 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga