Zardushtiylik dini tarixi

Zardushtiylik dini tarixi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Zardushtiylik dini tarixi - rasmi

Material tavsifi

Zardushtiylik Reja: Zardushtiylik ta'limotining vujudga kelishi Zardushtiylik ta'limoti. Avesto -zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoning tarkibiy qismlari. zardushtiylik. Bu - Movarounnahrda ilgarigi diniy tasavvurlar va ko'p xudochilikka asoslangan diniy e'tiqodlarni payg'ambar Zardo'sht (ba'zi manbalarda Zardust, Zardo'sht) tomonidan isloh qilinishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birlarini istisno etuvchi turli fikrlar hanuz davom etib keladi. Ko'p tadqiqotchilar Zardo'sht tarixiy shaxs bo'lib, u milodgacha 589 - 512 yillarda yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiatshunos va shoir ekanini e'tirof etadilar. Zardo'shtning diniy islohotini tushunish uchun o'sha davr Movarounnahr ijtimoiy - iqtisodiy ahvoli va siyosiy vaziyatini e'tiborga olish kerak. Gap shundaki, Movarounnahr iqlimining nisbatan mo''tadilligi, geografik jihatdan ikki qit'a o'rtasida joylashgani sababli savdo-sotiqning kuchayishi bu erlarda sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik ertaroq vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Ayni chog'da hunarmandchilik, chorvachilik va ovchilik ham rivojlangan. Bu hududda yilqichilikning rivojlanishi, ayniqsa, Farg'ona vodiysida qorabayir zotiga o'xshash otlar boqish keng ko'lam olgani ham ijtimoiy hayotda katta rol o'ynaydi. Uning ustiga mis va qo'rg'oshin konlariga boy bo'lgan Oltoyning yaqinligi bu yerda temirchilik, misgarlik rivojiga asos bo'ldi. Zardo'sht yashagan davrda o'troqlik turmushi afzalligi yaqqol namoyon bo'lgan, ammo unga qabilalar o'rtasidagi qirg'inbarot urushlar raxna solayotgan edi. Urushlar ko'pincha xarajatlar bir qabila va elatning o'z xudolariga ko'plab qurbonliklar qilish odatlari zaminida ham yuzaga kelardi. O'z davrining koxinlari, sehrgarlari va mo''tabar qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan Zardo'sht yuqoridagi odatlarini bartaraf etish va xalqlarga tinch mehnat bilan shug'ullanish imkonini yaratish uchun ko'pxudolik e'tiqodlariga va otashparastlikka barham berib, yakkaxudolik (arabcha Alloh ) ga sig'inishni targ'ib etish deb bildi. Shoh Vishtasia farmoniga binoan «Zardo'sht 1200 bobdan iborat pandnomasi «Ovesto»ni oltin taxtachalarga yozib, shohning otashkadasiga topshirgan» - deydi 22Firdavsiy. Keyinchalik u «Kitob» 12 ming ho'kiz terisiga bitilgan, makedoniyalik Aleksandr Sharqni zabt etganda uning nodir nusxasini Elladaga eltib, kerakli joylarini tarjima qildirgan, qolganini yoqtirgan» «Ovesto» eng qadimiy yakka xudochilikka asoslangan dinning birinchi muqaddas kitobi bo'lib, e'tiborli tarixiy manba va madaniyat yodgorligi hisoblanadi. Unda dastlabki falsafiy qarashlar bilan diniy - afsonaviy tasavvurlar uyg'unlashib ketadi; shu zaminda ma'naviy - axloqiy barkamol odam ezgulikni barqaror qila oladigan kurashchan, adolatparvar insonni shakllantirish g'oyasi markaziy o'rinni egallaydi. «Ovesto»da tabiiy ilmlar - agronomiya, metrologiya, zootexnika, tibbiyot, falakiyot, ilmi nujum, jo'g'rofiyaga doir bilmlar ham mavjud. Zardo'shtning diniy islohoti o'z-o'zidan yuzaga kelgan emas. qarbiy Yevropava rus tadqiqotchilarining fikricha, milodgacha bo'lgan 3-2 ming yilliklarda Markaziy Osiyoda oriy deb atalgan qabila yashagan. A. P Primakning aytishicha, oriylar ko'chmanchi chorvadorlar bo'lishgan. Ularda yozma adabiyot bo'lmagan, ammo hayratomuz og'zaki ijod iste'dodiga ega bo'lib, ular yaratgan o'ziga xos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.27 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.27 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga