XX-XXI asrlarda din va madaniyat

XX-XXI asrlarda din va madaniyat

O'quvchilarga / Dinshunoslik
XX-XXI asrlarda din va madaniyat - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ТOSHKENT IRRIGASIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZASIYALASH MUHANDISLIK INSTITUTI QOSHIDAGI INTERHAUS TASHKENT AKADEMIK LITSEYI DUNYO DINLARI TARIXI XX-XXI ASRLARDA DIN VA MADANIYAT DINNING MADANIY HAYOTDAGI O'RNI Madaniyat inson va jamiyat hayotida muhim o'rin tutadi. Madaniyat insoniyatga bir-biriga yaxshi muomala qilish, o'zgalarni hurmat qilish, yer yuzida tinch-totuv yashashni o'rgatadi. Din e'tiqod qiluvchilarning ijtimoiy, etnik va ma'naviy hayotiga ta'sir o'tkazadi. Bu esa dunyo xalqlarining madaniyati, adabiyoti, san'ati kabi sohalariga kirib borishida ko'rinadi. Dinning madaniyatni targ'ib qilish funksiyasi shunda ko'rinadiki, oldin madaniyatning ma'lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san'atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo'lsa, hozir ba'zi madaniy fenomenlarni rag'batlantirib, ba'zilarini inkor etgan holda diniy madaniyat qadriyatlarini saqlash va ko'paytirish, ilmiy-ma'naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi. Diniy madaniyat - inson ruhiyatining ozig'idir. Insoniyat o'z taraqqiyoti davrida turli dinlarga e'tiqod qilib kelgan. Ilohiy kuchlar orqali tabiatdan ko'mak so'ragan. Jahonda eng ko'p tarqalgan dinlar uchta: buddaviylik,xristianlik, islom. ISLOM MADANIYATI POYTAXTLARI 2005-yildan boshlab Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) qarashli Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) har yili tashkilotga a'zo Osiyo, Afrika va arab mamlakatlari shaharlarini «Islom madaniyati poytaxti» deb e'lon qiladi. ISESCOning musulmon dunyosidagi muayyan shaharlarni islom madaniyatining poytaxtlari deb e'lon qilishi musulmon mamlakatlari o'rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, islom madaniyatiga oid ilmiy-ma'rifiy, tarixiy- me'moriy merosni o'rganish, tiklash va targ'ib qilish, dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, turli mamlakatlarning bu boradagi sa'y-harakatini qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish maqsadlarini ko'zlaydi. ISESCO tomonidan shaharlarni Islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilishda: qadimiy islom yodgorliklari va me'moriy obidalar; islom madaniyatiga hissa qo'shadigan ilmiy, madaniy asarlar; ilmiy tadqiqot markazlari, qo'lyozmalar markazlari va arxeologik markazlari; madaniy muassasalar o'tkazgan festivallar, madaniy tabdirlar, kitoblar, rasmlar, tajriba ishlari va nashr ishlari; shahar tarixi haqida yuqoridagi talablar asosida ma'lumotlarning mavjudligiga asoslanadi. TOSHKENT - ISLOM MADANIYATI POYTAXTI Toshkent qadimdan ilm-fan, madaniyat markazi bo'lib kelgan. Ushbu shaharda o'rta asrlarda turli fan sohalari bo'yicha faoliyat yuritgan 100 dan ortiq olimlar nomlari aniqlangan. Jumladan, Hazrati Imom deb ulug'langan Abu Bakr Qaffol Shoshiy (904-976), ishonchli muhaddis sifatida tanilgan Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiy (vaf. 947) hamda Faxrul islom, Al-Imom al-Kabir nomlariga sazovor Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (1038-114) nomlarini alohida qayd etish mumkin. Zamondoshlari «Hazrati Imom» deb ulug'lagan bu zotning to'liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo'lib, arab manbalarida unga alohida hurmat bajo keltirish uchun nomiga «katta», «ulug'» ma'nolarini ifodalaydigan «Kabir» so'zini qo'shib yozadilar. Mustaqillik yillarida ilmiy-ma'naviy, diniy-ma'rifiy adabiyotlarning chop etilishiga keng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 6.5 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: pdf, pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pdf, pptx
Fayl hajmi 6.5 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf, pptx
Tepaga