9-May xotira va qadirlash kuniga bag'ishlab dars ishlanma

9-May xotira va qadirlash kuniga bag'ishlab dars ishlanma

O'quvchilarga / Dinshunoslik
9-May xotira va qadirlash kuniga bag'ishlab dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Farg'ona shahar 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinflar o'qituvchisi Marhabo Nishonovaning o'qish fanidan tayyorlagan 1 soatlik DARS ISHLANMASI. 9- MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI Dars materiallari: «Eng muqaddas kun» matni va matnga oid rasm. Darsning maqsadlari: T'limiy maqsad: o'quvchilarga «Eng muqaddas kun» matnini o'qitish. Tarbiyaviy maqsad: Vatan degan muqaddas tuyg'uni, uning aziz insonlarini, alloma-yu ulamolarini, mo'tabar ona-Vatan himoyasi uchun jonini ayamagan mard, jasur, jafokash o'g'lonlarini yana bir bor yod etish. Vatan uchun jon olib-jon bergan, hozirda hayot bo'lgan Ikkinchi jahon umshi qatnashchilarining qadr-qimmati buyuk ekanligini o'quvchilar qalbiga singdirish. Rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning so'z boyligini, mantiqiy tafakkurini o'stirish. Ro'znoma, oynomalarni o'qishga qiziqish uyg'otish. Dars metodi: tushuntirish, suhbat, mustaqil ish, ko'rgazmali metod va test usulidan foydalanish. Darsning borishi: 1. Darsni tashkil qilish. o'quvchilarning darsga hozirligi aniqlangach, o'tgan darsda o'tilgan «Go'zal fazilat - inson husni» bo'limi yuzasidan o'quvchilar bilimi test topshiriqlari orqali aniqlab baholanadi.O'qituvchi o'quvchilarning qanday bayramga tayyorgarlik ko'rayotganlarini so'raydi va yangi mavzu: 9- may - Xotira va Qadrlash kuni haqida tushuncha beradi. 2. «Eng muqaddas kun» matnini o'qish. 3. Matnni o'qishga tayyorlash. 4. o'qituvchi «Eng muqaddas kun» matnini ifodali o'qib beradi. So'ng o'quvchilar navbati bilan o'qiydilar. 5. Lug'at ustida ishlash: muqaddas - aziz, tabarruk; qadamjo - ziyorat qilish uchun boriladigan, muqaddas deb sanalgan joy, ziyoratgoh. 6. O'quvchilar matnni qay darajada o'zlashtirganliklarini aniqlash uchun dastlabki suhbat o'tkaziladi. Suhbat uchun savollar: Yurtdoshlarimiz nima uchun kurashdilar? O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 9- may haqidagi Farmoni qachon qabul qilindi? Farmonga ko'ra 9- may qanday kun deb e'lon qilindi? Xotira maydonida bo'lganmisiz? - Xotira maydoni haqida bilganlaringizni so'zlab bering. 7. Matn ustida ishlash. 217- betdagi rasm sizga tanishmi? Rasmda tasvirlanganlarni qayerda ko'rgansiz? Qachon? Kim bilan? (So'zlang). - Sizning mahallangizda «Xotira va Qadrlash kuni» nima ishlar qilingan? savoliga javob olinadi. 8. Matnni yaxlit qayta o'qitish va yaxlit qayta hikoyalatish. 9. Maqol ustida ishlash. «Qo'shning tinch - sen tinch» maqolining mazmunini ochib bering. Mavzuga bog'lang. 10. «Eng muqaddas kun» matniga oid berilgan savol va topshiriqlarga javob olib mavzu mustahkamlanadi. 11. - «Eng muqaddas kun» matnini o'qib qanday savoliga o'quvchilar javobni tarmoqlash usulida yozib beradilar. 12. Uyga vazifa: «Eng muqaddas kun» matnini o'qish, matnga doir savollar asosida so'zlashga o'rganib kelish. 13. Darsda faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 538.11 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:38 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 538.11 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga