Mavzu. «Jahon dini: Buddaviylik» Reja: 1. Buddaviylik ta'limoti va uning Markaziy Osiyoga tarqalishi 2. Buddaviylik ta'limoti va uning mazmuni 3. Buddaviylikning parchalanib ketishi Buddaviylik uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar asosan Janubiy, Janubiy-Sharqiy, va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Yevropava Amerika qitalarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya va boshqa joylarda istiqomat qiladilar. Hozirgi kunda dunyoda Buddaviylikka e'tiqod qiluvchilar soni 500 millionga yaqin bo'lib, undan bir millioni monaxlardir. Buddizmning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an'analar bilan kirisha olishi bo'lib, bu narsa Buddizmning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlariga kirib borishiga sabab bo'ldi. Buddaviylikni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to'plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin. Buddaviylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda hisoblanadi. U tarixiy shaxs bo'lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar mavjud. Uning nomi hind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan manoni anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda, keng manoda ko'p marta ilohiy tug'ilishlar tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshqalarga ham diniy najot yo'lini ko'rsata oladigan odam bo'lgan. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlarda uni quyidagi ismlar bilan tilga olinadi. Bu ismlarning manosi quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ismi. Gautama - urug' ismi. Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan donishmand. Budda - nurlangan. Tadxagata - shunday qilib shunday ketgan. Djina - g'olib. Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo'lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik nomi berilgan. Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi mavjud. Mahavastu eramizning II asrida yozilgan. Lalitavistara eramizning II-II asrida yuzaga kelgan. Buddaxacxarita - budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey tomonidan eramizning I-II asrlarida yaratilgan. Nidanakatxa eramizning I asrida yozilgan. Abnixishkramansutra. Bu biografiyalar orasidagi asosiy ziddiyat Buddaning qaysi yillarda yashaganligi xususidadir. Ular eramizdan avvalgi IX-II asrlar orasidagi turli muddatlarni ko'rsatadilar. Rasmiy buddaviylik hisobiga ko'ra esa, Butama-Budda eramizdan avvalgi 623 yilda tug'ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko'pchilik tadqiqotchilar uning tug'ilishi eramizdan avvalgi 564 yilda o'limi esa, 483 yilda deb hisoblaydilar. Bazan esa, 560-480 deb to'liq sonlar bilan ko'rsatadilar. Yuqoridagi biografiyalarda Buddaning haqiqiy hayoti bilan uning afsonaviy hayoti o'zaro qorishib ketgan. Siddxartxa Shakya qabilasi hukmdorlaridan biri Shudxodaning o'g'li edi. Uning saroyi Ximolay tog'lari etagida Kapilavasti degan qishloqda bo'lgan (Hozirgi Nepal hududida). Onasi malika - Maya bo'lgan. Bola ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.5 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.5 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: ppt