Din so'zining ma'nosi va din haqidagi qarashlar haqida

Din so'zining ma'nosi va din haqidagi qarashlar haqida

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Din so'zining ma'nosi va din haqidagi qarashlar haqida - rasmi

Material tavsifi

Mavzu Din so'zining ma'nosi va din haqidagi qarashlar REJA: 1.Kirish Dinning hayotdagi ahamiyati 2.Asosiy qism Din so'zining ma'nosi Din so'zining tarqalishi Dinga berilgan turli xil ta'riflar Charlz Darvinning diniy qarashlari 3.Xulosa Kirish Din azal-azaldan insoniyatni yaxshilikka,ezgu ishlarga chorlab kelgan.Jumladan, ota-bobolarimiz muqaddas e'tiqodi-islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan.U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma'naviyati va me'rosi, o'zligini omon saqlab keldi. Istiqlol ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma'naviy hayotdagi yangilanish va islohotlar jarayonini boshlab berdi.Ayniqsa,dinga bo'lgan munosabat ijobiy tomonga o'zgardi.muhimi, sobiq sovet tizimining dinga nisbatan ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlanadi. O'zbekiston Respublikasi jahon hamjiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi.Zero, xalqimiz madaniy va ma'naviy merosini tiklash va uni yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi tadrijiy taraqqiyotini o'rganish dolzarb masalalardan sanaladi. Din so'zining lug'aviy ma'nosi Din so'zi arabcha dayana fe'lidan olingan bo'lib,lug'aviy ma'nosi bo'ysunmoq,bo'yin egmoq,itoat etmoq,,qarz olmoq, qarzga bermoq, qarzdor bo'lmoq, e'tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq… kabi ma'nolarni anglatadi. Din so'ziga turli din va millat vakillari tomonidan izoh, ma'nolarining berilishi, bu tushunchaning yaxshi tushunilishiga yaqindan yordam beradi. Qur'oni Karimda din so'zining o'zagi bilan bog'liq so'zlar yuzdan ortiq oyatda uchraydi. Shuning uchun birga Qur'oni Karimda din so'zi, ikki tomonlama ma'no kasb etadi. Ushbu ikki tomondan biri Allohga nisbatan, ya'ni, hokim bo'lish, itoati ostiga olish, hisob-kitob qilish, jazo va mukofotlash; ikkinchi tomondan bandaga nisbatan bo'yin sunish, itoat qilish, taslim bo'lish kabi ma'nolarni o'zida jamlaydi. O'z navbatida ikki tomon orasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun, nizom, yo'l esa din hisoblanadi Din so'zining boshqa dinlardagi lug'aviy ma'nolari Shuningdek, din so'zi tarixiy jarayonlar ichra Avesto da deana paxlaviy tilida den, keyinchalik forschada din kabi so'zlar bilan ifodalanib, yo'l, masxab, marosim, uslub,, tarz kabi ma'nolarni bildirgan. Ibroniychada avallari ibodat, qurbonlik va duo ishlarini bildirish uchun ishlatilgan abodath elohim iborasi, ayni paytda din tushunchasini ham ifodalagan. Din mafhumini ma'lum qilish uchun ba'zan psixologik tarminallar bo'lgan yir'ax (qo'rquv, daxshat), emanath' (iymon) kabi so'zlar ham ishlatilgan. Lekin muqaddas kitobdan keyingi adabiyotlarda dath so'zi din uchun umumiy termin sifatida ishlatilgan bu so'zning Forscha dad so'zidan kelib chiqqani, Ezra va Ester kitoblarida hukm,amir, qonun ma'nolarida ishlatilgan. Din so'zining tarqalishi Qadim Yunonchada din, qo'rquv va o'zaro hurmat ma'nosini bildiruvchi thrioheya so'zi bilan izohlangan.Turkiy tillarda ishlatiluvchi so'zlarning arabchadan kirib kelgani haqida lug'at kitoblarida ma'lumotlar berilgan.Islomdan avval bu xalqlarning, din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda, dram,darm,nom va den kabi so'zlarni ishlatganliklari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 98.78 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 98.78 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga