Mavzu. «Din va vijdon erkinligi. O'zbekistonda dinga va diniy tashkilotlarga munosabat» Reja: 1. Vijdon erkinligi to'g'risidagi tushunchalar 2. Vijdon erkinligini O'zbekistonda amalga oshirilishi 3. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi Qonunda din, diniy tashkilot va dindorlarga munosabat 4. Diniy tashkilot tushunchasi 5. O'zbekistonning dunyoviy rivojlanish yo'li Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda har doim muhim va murakkab masala bo'lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog'lom va barkamolligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o'rni va bajaradigan vazifalari g'oyat muhim. Birlashgan Millatlar tashkilotining ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o'z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o'z dini yoki e'tiqodini o'zgartirish erkinligini, o'z dini yoki e'tiqodiga o'zicha, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisa - turli dunyoqarash, e'tiqodda bo'lgan kishilar o'rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta'minlanishini ham nazarda tutadi. Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u malum ijtimoiy vaziyatda albatta namoyon bo'ladi. Shuning uchun uni aniq tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, obyektiv va subyektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak. Vijdon deb, ehtiros, his-tuyg'u, insof, diyonat, kishining o'z xatti-harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas'uliyat hissi, insoniylikning asosiy belgilaridan biri, deb talqin qilinadi. Ayrimlar vijdonni tug'ma xislat deydilar. Biroq vijdonning shakllanishi bolalikdan yashayotgan muhitiga, oila va jamiyatdagi ta'lim-tarbiyasiga, yaqin atrofidagi odamlarning madaniyati, axloq-odobi, dunyoqarashiga ko'p jihatdan bog'liq. Vijdon shaxsning axloqiy jihatdan o'z-o'zini nazorat qila olish, o'zida axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda o'zidan uni ado etishni talab qilish va o'z xatti-harakatlariga baho berish qobiliyatini ifodalaydi. Vijdon dastlabki axloqiy mayl bo'lib, tashqi ta'sir tufayli rivojlanishi yoki so'nishi mumkin. U ehtiros, hissiyot shaklida shaxsning o'z xatti-harakatlari uchun uyalish, pushaymon bo'lish yoki axloqiy qoniqish sifatida namoyon bo'ladi. Vijdon yaxshilik, burch, baxt, halollik kabi boshqa axloqiy tushunchalar bilan bog'liq. Jamiyatning rivojlanishi, ma'naviy, axloqiy yuksalishi bilan Vijdon tushunchasining mazmuni va mohiyati boyib boradi. Uning mohiyati ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Vijdon erkinligi tushunchasi vijdon tushunchasining muayyan qismini tashkil etadi. Vijdon erkinligi ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.54 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.54 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: ppt