Diniy ekstremizm va terrorizm hamda ularning jamiyat barqarorligiga tahdidi Reja: 1. Ekstremizmning mazmun mohiyati, kelib chiqish sabablari va namoyon bo'lish shakllari. 2. Terrorizmning mohiyati, paydo bo'lish sabablari va namoyon bo'lish shakllari. 3. jahonda diniy ekstremizm va terrorizm tarqalishining asosiy sabablari, o'choqlari va moliyaviy manbalari. 4. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ma'naviy va mafkuraviy usullardan foydalanishdagi asosiy vazifalar. Agar diniy ekstremizm, so'ngra terrorizmning vujudga kelishiga etibor bersak, mazkur ijtimoiy tarixiy hodisaning vujudga kelish jarayoni va bosib o'tadigan yo'li - aqidaparastlik, fundamentalizm va fanatizm kabi bosqichlari mavjud ekanligini ko'ramiz. Xo'sh, aqidaparastlik, fundamentalizm va fanatizm qanday tushunchalar hisoblanadi? Hozirgi paytda aqidaparastlik tushunchasi fundamentalizm atamasining tarjimasi sifatida va unga paralel tarzda, sinonim sifatida ishlatilmoqda. Aslida bu tushunchalar o'rtasida umumiylik bilan birga o'ziga xos farqli jihatlar ham mavjud. Fundamentalizm atamasi dinshunoslik va ilohiyotshunoslikda XX asr boshlarida paydo bo'ldi. Fundamentalizm lotincha so'z bo'lib, asos va poydevor manolarini anglatadi. Bu ibora birinchi bor 1-jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestant tizimidagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Fundamentalistlar nasroniylikning an'anaviy aqidalariga, ayniqsa, Injilning mutlaq mukammalligiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, uni so'zma-so'z sharhlashga qatiy rioya qilishni talab etdilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqaldi. 1919 yili Filadelfiyada jahon xristian fundamentalistlari assitsiatsiyasiga asos solindi. XXasrning 70-yillaridan boshlab bu atama islomga nisbatan keng qo'llanila boshlandi. Islomni asl holida saqlab qolish uchun harakat qilib, odamlarni bir-biriga qarshi qo'yayotgan, qon to'qishni tashkil qilayotgan, amalda o'zining huzur-halovatini o'ylayotgan kimsalarni Yevropada fundamentalistlar, Markaziy Osiyoda aqidaparastlar deb atamoqdalar. Aqidaparstlik atamasining qo'llanilish doirasi fundamentalizm tushunchasiga nisbatan kengroq bo'lib, faqat dinshunoslikda emas, balki, ilm-fan va siyosatshunoslikda ham qo'llaniladi. Ilm-fanda bu atama salbiy manoda qo'llanilib, u yoki bu olim yoxud oqim tomonidan kashf qilingan qonun va qoidalar ta'sir doirasini sun'iy ravishda kengaytrishga urinishni anglatadi. Masalan, XII -XVII asrlarda mexanika, XIX asr boshlarida biologiya, XIX asr oxirida fizika fanlari tez rivojlandi. Bu fanlar qo'lga kiritgan yutuqlarni bazi bir olimlar fan va hatto ijtimoiy hayotning turli sohalariga tadbiq qilmoqchi bo'ldilar. Masalan, mexanikada qo'lga kiritilgan ulkan yutuqlar bazi olimlarda olamdagi barcha hodisalarni, jumladan biologik va jtimoiy hodisalarni ham mexanika fani yutuqlari asosida izohlash mumkin, degan xulosaga olib keldi. Diniy aqidaparastlik u yoki bu dindagi muayyan qoidalarnigina etirof etib, boshqalarni inkor qilish, ularni o'rinli va o'rinsiz qo'llashga intilishdir. Diniy qidaparastlik faqat o'zlarini eng to'g'ri yo'ldan borayotgan dindor deyish bilan birga, boshqalarni yo'ldan ozganlar, deb elon qilishadi. Lekin bu bilan ham cheklanishmasdan yo'ldan ozganlar ni o'z mazhablarga o'tkazishga ham harakat qiladilar. Maboda, yo'ldan ozganlar bunga ko'nishmasa, ularni yo'q qilishga urinishadi. Demak, aqidaparastlar o'zlari asos qilib ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.09 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.09 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: doc