Dinning kelib chiqishi ibtidoiy jamiyatdagi dinlar Reja: Dinning kelib chiqishi Ibtidoiy jamiyatdagi dastlabki dinlar Magiya (Sehrgarlik) Politeizm ( Ko'p xudolik) Dinning kelib chiqishi Yuqorida aytib o'tilganidek, «Dinshunoslik asoslari» dinlarning tarixini ham bayon etadi. Avvalgi mavzuda dinning mohiyati ko'rsatib o'tildi. Falsafiy jihatdan har qanday hodisa o'zining sabablariga ega bo'lib, makonda ro'y beradi. Din va uning tarixi ham bu nazariy qoidaga bo'ysinadi. Dinning dunyoviy ilmiy izohiga ko'ra, u yerda paydo bo'lgan. Odamlar hayoti bilan bog'langan, jamiyatda amal qiladi, kishilik tarixi bilan aloqada yashaydi. Dinning turli tarixiy shakllari mavjud. Turli diniy manbalarda din azaldan mavjud bo'lib kelgan, xudo esa hamma narsalarni: osmon va Yerni, koinotni, barcha odamlarni, mo'jizaviy yo'qlikdan bor qilib yaratgani aytilgan. Demak, dinning tarixi jamiyat tarixidan avval boshlangan, degan xulosa kelib chiqadi. Ilmiy adabiyotlarda ko'rsatilishicha, dinning tarixi 50-40 ming yildan ko'p emas, jamiyatning tarixi esa 3 million yildan ziyod. Demak, u tarixiy hodisa, din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida kelib chiqqan. Biz bu ikkinchi qarashni analiz qilsak, dinning paydo bo'lishidan darak beradigan arxeologik va etnografik ashyoviy dalillarga murojaat etmog'imiz kerak. Arxeologiya fani odamlar yashagan turli tarixiy davrlarda yer ostida qolib ketgan qadimiy manzilgohlarni kovlab topadi, ulardan uy-ro'zg'orga, zeb-ziynatga, ish qurollariga , kiyim kechaklarga, memorchilikka, san'atga oid turli buyumlar, noyob topilmalarni aniqlaydi-lar, bazan ko'hna qabrlardan dafn qilish qoidalari, qabrdagi jasad yonida ov qurollari, eb-ichish idishlari, taqinchoqlarga ham duch kelingan, bazan esa qush va hayvon-larning, afsonaviy mahluqlarning, farishta, mabudalarning haykallari, turli narsalardan yasalgan shakllari, niqoblar topilganki, ularning ayrimlari diniy mazmunga ega bo'ladilar. Masalan, Namangan viloyatining Pop shahridagi «munchoqli tepa» degan qadimgi manzilgohdan 1984 yilda arxeologlar bir nechta qabr topdilar. Jasadlar eramizdan avvalgi II-I asrlarga oid bo'lib, ular ov qurollari, ovqat idishlari, zeb-ziynat buyumlari bilan birga dafn etilgani malum bo'ldi. Demak o'sha davrlarda odamlar «u dunyo»da qayta tirilishga, unda yana yashashlariga ishonganlar, yani o'sha davrdagi kishilarda diniy ong mavjud bo'lgan. Etnografiya fani urug'-qabilalar, elat va millatlarga xos bo'lgan turli urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimiy udumlarni, ulardagi tartib-qoidalarni, etnografik jihatdan ahamiyatga ega bo'lgan kiyimlar, raqs va qo'shiqlar, yuz niqoblari, oziq-ovqat turlarini o'rganadi. Ushbu fan ham diniy urf-odatlarga oid ko'pgina ma'lumotlar to'plagan. Din jamiyat hayotidagi mehnatning ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik kabi tarixiy turlari, odamlarning kasb-kori bilan bog'liq holda ham shakllanib borgan. Pirga sig'inish shu tariqa paydo bo'lgan. Oilaning homiysi hisoblangan mabudalarga sig'inish ro'y bergan. Omad homiysi Fortuna, baxt keltiruvchi Xizr to'g'risidagi rivoyatlar ham ana shunday vujudga kelgan, O'tib ketgan avlodlar ruhiga sig'inish eng qadimgi diniy tasavvurlardan hisoblanadi. Ishlab chiqarishning pastligi, mehnat qurollarining ni-hoyatda soddaligi, dunyo to'g'risida, hatto odamning o'z ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.39 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.39 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: doc