Dinning mohiyati, jamiyat hayotida dinning tutgan o'rni

Dinning mohiyati, jamiyat hayotida dinning tutgan o'rni

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Dinning mohiyati, jamiyat hayotida dinning tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Dinning mohiyati jamiyat hayotida dinning tutgan o'rni Reja: Din tushunchasi. Dinning ta'rifi va uning izohi. Dinni ta'riflashga yangicha yondashish Dindorlar. Dindorlik va diniy kishilar ongi Diniy mafkura va diniy dunyoqarash Dinlarning kelib chiqishi va mavjud bo'lib turishining tub sabablari (ildizlari), hozirgi davrdagi diniy faollikning sabablari Jamiyat hayotida dinning tutgan o'rni, bajaradigan ijtimoiy funksiyalari. Din tushunchasi. Dinning ta'rifi va uning izohi. «Din» atamasi nemischada religare bog'lanmoq felidan yasalgan, arabchada esa ilohiy kuchlarga iymon, e'tiqod, ishonch, axloq degan manolarni anglatadi. Ilmiy-falsafiy jihatdan esa bu atama ma'naviyatning bir elementi hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, din-real voqelikdan, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodislarni tabiat, jamiyat va insondan tashqarida deb hisoblaydigan, ularni o'ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir. Din-insonga xos his-tuyg'ularning alohida xususiyati bo'lib, diniy his-tuyg'ular dindorga (dindorlarga) yaxshi kayfiyat, shod xurramlik, ishonch, yupanch, umid bag'ishlaydi; aksincha u yomon, qo'rqinchli, faloqat, haloqat, zarar keltiradigan holatlar va yovuz kuchlardan asrovchi bir ruhiy madad manbaidir; insonlarga yaxshilik va najot yo'lini ko'rsatib, unga etaklovchi ma'naviy qudrat tismolini ifodalaydi. «Din» atamasi, umuman, dinlarning barchasi diniy bilim va dunyoviy ilmda ikki xil tushuntiriladi. 1. Diniy bilim go'yoki insonga xos, odam tug'ilish paytida uning ruhiga singdirilib qo'yilgan e'tiqod manbai bo'lib, so'ngra kishi ana shu e'tiqod-iymonning nima ekanini, bu ruhiy kuch xudodan insonga inom-ehson qilib berilganini asta-sekin anglab, bilib borish, uning mazmun va mohiyatini tushunib olishi sodir bo'lishini izohlab va tushuntirilib beriladi, dalil, hujjatlar keltiriladi. Diniy his-tuyg'ular, iymon-e'tiqod insoniyatdan avval xudo tomonidan yaratilib qo'yilganligi, dinning birdan-bir manbai foniy va boqiy dunyolardagi barcha narsalarni, voqea va hodisalarni yaratuvchisi va ularga egalik qiladigan qudratli, mutloq kuch xudo bo'lib, u arshi aloning (yani eng yuqori, eng yaxshi joyda mavjud bo'lgan taxt) yakka-yu yagona hokimi va hakami, barcha borliqning birdan bir boshqarib turuvchisi ekanligi aytiladi. Diniy ta'limotda diniy e'tiqod va iymon-ishonch manbai, ilohiy kuchlar - xudo, farishtalar, ruhlar, payg'ambarlar, avliyolar, jannat, do'zax mo'jizaviy, sirli rivoyatlar bo'lib, ularning barcha qudrati-yu, shakl-shamoillari arshi alodan vahiy qilingan muqaddas kitoblarda yozilganligi uchun bu yozuvlarga ham so'zsiz amal qilishga davat qilinadi. Albatta, dinning tayanchi xudoning borligiga ishonish, unga bo'ysinish, unga, o'z taqdirini yaratib qo'yganligi uchun, to'la o'zini topshirish kabilardir. Masalan, Islom dinida Alloh ana shunday xudo deb, Quronning 112-suratu-l-Ixlos, Poklanish surasida uni quyidagicha ta'riflanadi: Bismillahi-r Rahmoni-r-Rohim Qul huva-l-Lohu ahad Allohu-s samad Lam yalid va lam yulad Va lam yakun lahu kufvan ahad. Mazmuni: Ayt: «Alloh o'zi bittadir. Alloh mangudir. Tug'dirmagan va tug'ilmagan. Biror uning tengi ham bo'lmagan. Yoki: Quronning 114-suratu-n-nos, yani odamlar surasida: Bismillahi-r-Rahmoni-r-Rohim Qul auzu bi-rabbi-n-nosi Malikin-n-nosi Ilohi-n-nosi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.61 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.61 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga