DINSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Guliston Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o'qitish metodikasi yo'nalishi 21-17 guruh talabasi Sharafutdinov Mirjalolning Tekshirdi : Olimova M. Mavzu : Diniy ekstremizm Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o'z aqidasining shak-shubhasiz to'g'riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. INSON HUQUQLARI HAYOT ERKINLIK SOG'LIK EKSTREMIZM EKSTRIMISTLAR QUYIDAGILARNI QILGANLAR Diniy fundamentalizm - aqidaning o'zgarmasligini himoya qiladigan, vahy va mo''jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so'zma-so'z talqinga asoslangan e'tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo'yadigan, muayyan diniy e'tiqod shakllanishining boshlang'ich davrida belgilangan barcha yo'l-yo'riqlarni qat'iy va og'ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo'llaniladigan istilohdir. 11 sentyabr kuni AQSH da sodir etilgan fojiali terroristik harakatlardan keyin diniy ekstremizm, terrorchilik deganda ko'pchilikning ko'z o'ngida islom dinini niqob qilib olgan radikal diniy guruhlar gavdalanmoqda. Muqaddas dinimizning ezgulikka yo'g'rilgan davatlari bilan notanish kishilarda islom fanatizmga mofil din, degan noto'g'ri tasavvur paydo bo'layotgan bo'lsa, ayrimlar esa, ushbu vaziyatdan foydalanib, islom diniga e'tiqod qiluvchilarga tana toshlarini otmoqdalar. O'zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, bu yo'l bilan musulmonlarni islohotchi davlatga ishonchini yo'qotishga urinishda o'zini namoyon etmoqda. Bunday guruhlar mustahkamlanib borayotgan umummilliy birdamlik va hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqdalar. Demokratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini, e'tiqod erkinligiga asoslangan ko'p konfessiyali dunyoviy jamiyatni obro'sizlantirishga yo'naltirilgan sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqdalar. Vahhobiylik. Vahhobiylik XVII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan dini-siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1703 yili Arabiston yarim oroli Najd o'lkasining al-'Uyayna degan joyida tavallud topgan. Bu davrda uning otasi Abd al-Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni o'z otasi rahbarligida o'rgana boshladi. U an'anaga ko'ra, Qur'onni yod oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya, Kurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bo'lib, ko'pincha ulamolar suhbatida o'zining janjalkashligi va mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o'z targ'botchilik faoliyatini 1730 yillarda boshlab, birinchi maqsadi o'ziga munosib homiy topish bo'ldi. 1745 yili Muhammad ibn Abd al-Vahhob ad-Dir'iyya vodiysiga uning amiri Muhammad ibn Sa'ud taklifiga binoan ko'chib o'tdi. Bu bilan Muhammad ibn Sa'ud o'z hokimiyatini kuchaytirishda vahhobiylikdek mafkuraviy qurolga ega bo'ldi. Vahhobiylar o'zlari xohlagan jamoani kufrda yoki shirkda ayblashlari va unga qarshi jihod e'lon qilishlari mumkin edi. Ibn Sa'ud ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.94 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.94 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: ppt