Dinshunoslik fanidan Buddaviylik dini mavzusida taqdimot (slayd)

Dinshunoslik fanidan Buddaviylik dini mavzusida taqdimot (slayd)

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Dinshunoslik fanidan Buddaviylik dini mavzusida taqdimot (slayd) - rasmi

Material tavsifi

DINSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Guliston Davlat Universiteti abiiy fanlar fakulteti Geografiya o'qitish metodikasi yo'nalishi 21-17 guruh talabasi Sharafutdinov Mirjalolning Tekshirdi : Olimova M. Mavzu : Buddaviylik. Reja: 1. Buddaviylik asoschisining shaxsi. 2. Buddaviylik ta'limoti va tarqalishi. 3. O'rta Osiyoda buddaviylikning tarqalishi. 4. Buddaviylik manbalari va oqimlari. Buddizm dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. bu dinga e'tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-SHarqiy va SHarqiy Osiyo mamlakatlari: Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, V'etnam, YAponiya, Kombodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Yevropava Amerika qit'alarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikiya Respublikalarida istiqomat qiladilar. hozirgi kunda e'tiqod qiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va hinduizmdan so'ng to'rtinchi o'rinni egallaydi. buddistlarning soni taxminan 700 mln. atrofida bo'lib, ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir. Buddizm asoschisining shaxsi ismi SIDDXARTXA - shaxsiy ism, GAUTAMA - urug' nomi, SHAKYAMUNI - «SHakya qabilasidan chiqqan donishmand», BUDDA - «nurlangan», TADXAGATA - «shunday qilib, shunday ketgan», DJINA - «g'olib», BXAGAVAN - «tantana qiluvchi». Buddaning biografiyalari «Mahavostu» - milodning II asrida yozilgan «Lalitavistara» - milodning II-II asrlarida yuzaga kelgan «Buddxacxarita» -milodning I-II asrlarida yaratilgan «Nidanakatxa» - milodning I asrida yozilgan «Abnixishkramansutra». Siddxartxa oilasi otasi onasi turmush o'rtog'i o'g'li SHakya qabilasining podshohlari dan biri Shuddxodana Malika Mayya YAshadxara Raxula Tug'ilgan joyi Ximolay tog'lari etagida Kapilavasti degan shaharda bo'lgan (hozirgi Nepal hududida). Siddxartxa 30 yoshida Siddxartxa bir kuni ittifoqo bir keksa chol, bir bemor hamda og'ir mashaqqat tortayotgan rohibni uchratadi, bir kishining esa vafotiga guvoh bo'ladi. Siddxartxaning hayot falsafasi Insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo'llarini izlash uchun saroyni tashlab ketadi. U beshta rohib bilan qishloqma-qishloq kezib yuradi. SHu asnoda Siddxartxa bir narsaga amin bo'ldi: bu yo'l uni o'z oldiga qo'ygan maqsad, ya'ni insoniyatni azob-uqubatdan qutqarish sari olib bormaydi va u rohiblar jamoasidan ajraladi. Birmuncha vaqt changalzor o'rmonlarda kezib, xorib charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun o'tiradi, va o'zicha, to haqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikka qaror qiladi. Bu o'tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi SHu ondan u Budda - nurlangan deb ataldi. U tagida o'tirgan daraxt esa - nurlangan daraxt (botxa) deb atala boshladi. Budda o'zining birinchi da'vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog'ida, o'zining besh rohib do'stlariga qildi va ular Buddaning birinchi shogirdlari bo'ldilar. Budda hayot vaqtida Budda 40 yil mobaynida Hindistonning turli joylarida bo'ladi, odamlarga o'z g'oyalarini etkazadi, singdiradi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o'tadi. Uning jasadi, hind udumiga ko'ra, kuydirilib, xoki 8 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.69 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.69 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga