«Dinshunoslik» fanining maqsadi predmeti tuzilishi uning talabalar dunyoqarashini shakllantirishdagi roli Reja: «Dinshunoslik» fanining maqsadi, predmeti, tuzilishi «Dinshunoslik»ning asosiy xususiyatlari yoki uning bahs mavzusi (predmeti). «Dinshunoslik» fanining maqsadi, predmeti, tuzilishi Sobiq SSRda «Ilmiy ateizm asoslari» kursi o'qitilib, asosiy etibor dinlarni tanqid qilish, diniy imon-e'tiqodni qoralab, uning o'rniga xudo va boshqa ilohiy kuchlarni inkor qiluvchi, yani xudosizlikka o'rgatuvchi ateistik bilimlar talabalar ongiga, ruhiyatiga va dunyoqarashiga singdirilar edi. «Ilmiy ateizm asoslari»ni o'z vazifasidan chalg'itib, uni siyosat uchun xizmat qilishiga urinib, din va diniy e'tiqodni jamiyat hayotidan va talabalar qalbidan butunlay surib chiqarishga harakat qilinganda ko'pincha vijdon erkinligi qonun-qoidalari qo'pol ravishda buzilardi. Bu esa ayrim xushyorroq talabalarning pinhoniy, bazan esa ochiqdan-ochiq noroziligiga sabab bo'lar, aholida ilmiy ateistik targ'ibotga nisbatan ishonchsizlik paydo qilar, oqibatda «Ilmiy ateizmning» obro'-etibori tushib ketgan edi. Turg'unlik yillarida milliy kamsitishga asoslangan «o'ta baynalminallik» siyosatiga amal qilinishi tufayli diniy urf-odatlar, marosimlar, hatto milliy rasm-rusumlar ham kamsitilib, ularning yo'liga turli to'siqlar qo'yilib, ularga amal qilishga imkoniyatlar yo'q qilingan edi. Umuminsoniy qadriyatlar kamayib, ma'naviy qashshoqlanish sari yo'l ochilgan edi. 1991 yilda SSR parchalanib, so'ngra esa butunlay tarqab ketdi. Uning o'rnida mustaqil davlatlar vujudga keldi. Jumladan, 1991 yil 31 avgust kuni O'zbekiston Oliy kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi mustaqil bo'lgani tantanali ravishda elon qilindi. Endilikda har yili 1 sentyabr Mustaqillik kuni sifatida bayram qilinmoqda. Ana shu tarixiy voqeadan keyin-gi o'tgan davrda O'zbekiston jahonga malum bo'ldi. Respublikamiz 1992 yil 2 mart kuni Birlashgan Millatlar tashkilotiga azo bo'ldi, dunyodagi ko'pgina davlatlar bilan aloqalar o'rnatdi. Mamlakatimizda juda ko'p korxonalar vujudga keldi, mulk davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirish amalga oshirilmoqda, fuqarolarning qadr-qimmati oshib, ular Vatan tuyg'usini yaqqolroq his qila boshladilar, o'zbeklar va boshqa millatlarning tengligi, milliy iftixori o'sib bormoqda. Xususan, demokratik va insonparvar jamiyat qurayotgan O'zbekistonda diniy e'tiqod erkinligi amalga oshirildi. Juda ko'plab masjidlar, madrasalar, diniy maktablar, uyushmalar va jamoalar vujudga keldi, ko'plab diniy adabiyotlar chop etilmoqda, diniy bayramlar, marosimlar, urf-odatlar tiklanib, amal qilmoqda. Bu ma'naviy yangiliklar xalqimizning ruhiyatiga (psixologiyasiga) ijobiy ta'sir ko'rsatdi. «Xalqimizda bo'layotgan o'zgarishlarning ildizi, deb yozadi prezidentimiz I.A.Karimov, xalqimizning ma'naviy uyg'onishidadir. Ona tilimizning azaliy haq-huquqlari tiklangani, haqiqiy o'zbekona urf-odatlarimizning hayotdan o'rin olayotgani ham odamlar kayfiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. O'zbek o'zligiga isxona boshladi. Navro'z tiklangani, hayitlar tiklangani savobli ishlar bo'ldi» (Qarang: I.Karimov. O'zbekiston kelajagi buyuk davlat «O'zbekiston» 1992 y. 6-7 betlar). Jamiyat hayotida din peshvolari ham aktiv qatnashmoqdalar. Xalqimizning ko'nglini ko'tarishda, uning qaddini rostlashda ko'pchilik din vakillari, yuzlab imom- xatiblar davlatimizga yaqindan yordam bermoqdalar, ular xalqni birlashtirishni, o'zaro nizo va nifoqlardan yiroq turishni targ'ib etmoqdalar. Mana shunday ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.95 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.95 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: doc