«Dinshunoslik» faniga kirish. Dinning ibtidoiy shakllari Din insoniyat ma'naviy hayotining tarkibiy qismidir. O'zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma'naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo'yilgan bir paytda din masalasini chetlab o'tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo'lgan diniy bo'lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo'lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o'zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga printsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir. O'zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo'lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, ¢arbda X1X asrning o'rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo'l bosib o'tib, ko'plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis-kadrlarni tarbiyalay boshladilar. Din - e'tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo'yib bo'lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o'z shaxsiy munоsаbаtini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, хоlis-ilmiy ахbоrоt zarur. Bunday ахbоrоt ko'p qirrаli bo'lmog'i, birovning g'arazli sharhisiz аsl matnlar shaklida bo'lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma'lumotlar asosida mutaxassis bo'lmagan muаlliflаr tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon ахbоrоt erkinligi va uning etib kelishi oson bo'lgan sharoitlarda o'quvchilarning ko'z o'ngida mazkur mualliflarning obro'sizlanishiga yoki o'quvchini noto'g'ri tasavvurga ega bo'lib qolishiga olib keladi. Din va Qonun o'zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a'zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to'la ma'lumot beradi. O'quvchilarda qonunga hurmat hissini, o'zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg'ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o'z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o'tkazish g'ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jаmоаt joylarida diniy masalalarda zo'ravonlik, tаjоvuzkоrlikkа yo'l qo'ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi. O'zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo'lishi ham juda muhimdir. Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo'lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to'g'ri, haqiqiy, odil hayot yo'lini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta'limotdir. Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo'ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo'lgandan to bizgacha o'tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo'lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir. Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.59 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.59 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: doc