Dinsunoslik fanidan (Islomiy qadriyatlar va hozirgi zamon) mavzusida ppt

Dinsunoslik fanidan (Islomiy qadriyatlar va hozirgi zamon) mavzusida ppt

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Dinsunoslik fanidan (Islomiy qadriyatlar va hozirgi zamon) mavzusida ppt - rasmi

Material tavsifi

DINSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Guliston Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o'qitish metodikasi yo'nalishi 21-17 guruh talabasi Sharafutdinov Mirjalolning Tekshirdi : Olimova M. Reja: Markaziy Osiyo mintaqasi xususan Movounnahrda dinlarning rivojlanishi va jamiyat ma'naviy hayotida tutgan o'rni(Islomgacha bo'lgan davr) Hozirgi O'zbekiston hududida Islom tarixi. Markaziy Osiyo Mutafakkirlarining islom ilmlari va madaniyat rivojidagi o'rni. Tasavvuf bag'rikenglik an'analari Hozirgi davrda mintaqa xalqlari hayoti va kishilarning ma'naviy axloqiy qadriyatlar shakillanishida islom dinining o'rni va ahamiyatini o'sishi : sabablar, omillar, istiqbollar ISLOMIY QADRIYATLAR VA HOZIRGI ZAMON Islom (arab. - bo'ysunish, itoat etish, o'zini Alloh irodasiga topshirish) - jahonda keng tarqalgan uch dindan ( buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga e'tiqod qiluvchilar arabcha muslim (sadoqatli; ko'pligi muslimun) deb ataladi. Muslim, muslimun so'zining boshqa xalqlar orasida o'zgacha talaffuz etish (masalan, forslarda - musalmon, o'zbeklarda - musulmon, qirg'iz va qozoqlarda - musulmon, Ukraina va Rossiyada - basurman) natijasida bu dinga e'tiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan. ISLOM DININING VUJUDGA KELISHI. Islom VII-asrda Hijoz (G'arbiy Arabiston)da paydo bo'ldi. Uning asoschisi Muhammaddir. Islom dinining paydo bo'lishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy an'anada u ilohiy hodisa, insonlarni to'g'ri yo'lga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi ta'limot deb uqtiriladi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar e'tiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, ya'ni Alloh odamlarga payg'ambar-elchilar yuborgan. Ammo insonlar payg'ambarlar ta'limotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi, unga o'zining kalomi - Qur'on nozil qildi. Muhammad oldin o'z hamshaharlarini, so'ng barcha arablarni ko'plab qabila xudolariga sig'inishdan voz kechish va yagona xudo - Allohga e'tiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga da'vat etdi. Qur'onga ko'ra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim ( a.s) Allohga birinchi bo'lib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi e'tiqod emas, balki Ibrohim (a.s) ga nozil bo'lgan dinidir. Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Osiyo qit'asidagi Eron, Pokiston, Afg'oniston, Turkiya kabi ko'pgina davlatlar, Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Afrika qit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, Sudan, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma'lum bir qismi, Yevropaqit'asida esa Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning bir bo'lagi islomga e'tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Kavkaz, Volgabo'yi, g'arbiy Sibir va boshqa ayrim rayonlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjud bo'lib, bu xalqlar turmush tarziga o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Yer yuzida islomga e'tiqod qiluvchilar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.5 MB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.5 MB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga