Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal tushunchasining mazmun mohiyati

Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal tushunchasining mazmun mohiyati

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal tushunchasining mazmun mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Ezgu fikr, Ezgu so'z, Ezgu amal tushunchasining mazmun mohiyati yer.avv. IX-VII asrlarda Osiyoning markaziy qismida shunday bir yorug'lik paydo bo'ldiki, bu narsa insoniyat taraqqiyotiga o'zining ta'sirini sezilarli darajada ko'rsata oldi. Sharqiy Eron va Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi qadimiy qabilalarning ijtimoiy tuzumi o'zgarayotgan va diniy qarashlari hamda jamiyatda ro'y berayotgan tabaqalanish davom qilayotgan bir paytda Turon pasttekisligida Amudaryo bo'ylarida yangi g'oya, yangi fikrlar va yangi ta'limot vujudga keldi. Bu ta'limot o'lkada shakllangan ko'p xudolik va oshiqcha sarf-xarajatlarga, atrof-muhitni ifloslanishiga hamda insonlar hayotida muhim o'rin tutgan jonli hayvonlarni qirib ko'p-ko'p qurbonliklar qilinishiga qarshi tura oladigan ta'limot edi. Bu ta'limotga amal qilgan inson (Ezgu fikr, Ezgu kalom (so'z), Ezgu amal) butun hayoti davomida ana shu uchlikni qalbiga jo qilishi joiz hisoblangan. Ushbu ta'limotni asoschisi Zardo'sht bo'lib, u o'z ta'limotini jamiyatda yashovchi har qanday sinf vakillari orasida qo'rqmasdan tarqatib o'zini haqligini isbotlay olgan. Asrlar davomida ko'p xudolikka o'rganib qolgan kabiladoshlariga uning da'vatlari yomon ta'sir qiladi va uni vatanidan badarg'a qilishadi. U o'n yillab cho'lu-sahroda, tog'u-toshlarda, shaharu-qishloqlarda yurishga va bu davrda u erlarda o'z ta'limotini yoyishga bag'ishlaydi. Keyinchalik vataniga qaytib keladi va o'z qabiladoshiga uylanadi. Undan uch o'g'il va uch qiz tug'iladi. Ayrim manbalarda yozilishicha, Zardushtni xotini Kavi qabilasini vaziri Gushtaspni qizi bo'lgan. Beruniyning guvohlik berishicha, Zardo'sht makedoniyalik Aleksandrning Markaziy Osiyoga kelishidan 258 yil ilgari dunyoga kelgan. Lekin keyingi izlanishlar, ayniqsa gatlarni (Avestodagi she'riy matnlar) analizi, ulardagi o'sha davr tabiiy sharoitlari va voqealarini tasvirlanishidan kelib chiqib, olimlar Zardo'shtni yer.avv.VII asrning oxirida dunyoga kelganini va VII asrning oxirgi choragida dunyodan o'tganligini tasdiqlashadi. Uning asosiy nomi Zaratushtra bo'lib Sariq tuya sohibi, Zarrin yorug'lik egasi degan ma'nolarni anglatadi. U Quyi Amudaryo havzasida yashovchi mashhur Spitama urug'idan bo'lib (to'g'rirog'i Sipiytmon- Avestoda sipiytoma. Zardo'shtni yoshligidan otasi cho'pon Barzin-kurushga shogird qilib beradi. U 15 yoshigacha har xil xudolarga sig'inuvchi oriylar urug'ida keng tarqalgan yashtlarni yodlab oladi. U 23 yoshiga etganida urug'-qabilalar orasidagi kelishmovchiliklarning asosiy sababi ularning har xil xudolarga sig'inishligi ekanligi va xalqning ahvoli og'irligi esa ularning har xil xudolarga ko'plab qurbonliklar qilishligi va hatto qurbonilikka odamlarni ham ishlatilishligi ekanligida deb biladi. Shundan keyin u faqat bitta xudoga, ya'ni Ahura - Mazdaga (Ahura - butun olamlarning egasi, kuchli, Mazda - aql-idrok, donishmandlik) sig'inishni va uning ko'rsatmalari bo'lgan Avestoga amal qilishni targ'ib qila boshlaydi. Lekin uni bu da'vatlarini qabiladoshlari sovuqlik bilan kutib olishadi. Payg'ambar Zardo'sht oilasi shu nom bilan yuritilgan. Sipiytmon payg'ambar Zardo'shtni to'qqizinchi bobosining nomi bo'lib, pahlaviy tilida oqlik ma'nosini anglatadi, ba'zi avestoshunos olimlarning fikricha Sipiytmon payg'ambarning bolalikdagi ismi, Zardo'sht ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.67 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.67 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga