Hadislar va ularning Islomda hamda musulmonlar hayotida tutgan o'rni Reja: Shariat - musulmon davlati qonunchiligi va axloqiy dasturi Islom dinining marosimlari Hadislar va ularning Islomda hamda musulmonlar hayotida tutgan o'rni Quron ilk islomda yakka-yu yagona manba edi. Ammo arab istilolari natijasida vujudga kelgan xalifalik hududlarida yashayotgan turli xalqlar talab-ehtiyojlariga Quron to'la javob bera olmas edi. Shu tariqa o'zgargan tarixiy sharoitdagi talab va ehtiyojlarga javob beradigan yangi manbalar vujudga kelishi zarur bo'ldi. Islom olimlari Muhammad payg'ambarning hayot yo'li, u aytgan hikmatlari, ibratli xabarlar, ko'rsatgan yo'l-yo'riqlari, uning va sahobalarining yaxshi ishlari, o'git va nasihatlarini, bilgan shaxslardan eshitib, to'play boshlaganlar. Bu yangi ma'lumotlarni «hadis», yani «hikoya», «xabar», «hikmat» deb aytish mumkin. Hadislar to'plami Sunna deb yuritiladi. Sunniy yo'nalishdagi musulmonlar tan olgan, hadislargina sunna hisoblanib, u Qurondagi keyindagi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislarni dastlab Muhammadning qarindosh-lari, xalifalar, sahobalar ishlatgan, yani ular biron-bir ko'rsatmani (avvalo huquqiy xarakterdagi ko'rsatmani) qonunlashtirish uchun o'zlari Muhammaddan eshitgan so'zlarni dalil qilib keltirganlar. VII-IX asrlarda ming-minglab hadis to'plangan yoki to'qilgan. Hadisshunoslik savob ish hisoblangan, hadislarni to'plash mustaqil bilimga aylangan, bu ishga ixtisoslashgan ilohiyot peshvolari esa muhaddislar, deb atalganlar. Hadislarning aksariyati huquqiy va axloqiy normalarni, marosim va urf-odatlar, oilaviy munosabatlar, kasb-kor, savdo-sotiq, ilm, ota-ona, farzand, qarindosh-urug', do'stlik, yaxshilik yoki yomonlikka oid bo'lgan. Ammo tarxiy mazmunga ega bo'lgan. Muhammad tarjimaiholini, xalifalar, sahobalar faoli-yatini bayon etgan hadislar ham bo'lgan. Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan etkazilgan hadislar (sahih) deb etirof qilingan. Hadislarni etkazgan kishilar ishonchli bo'lsa, bu hadis yaxshi (hasan) deb atalgan. Ishonchli bo'lmagan shaxslar etkaz-gan hadislar bo'sh (zaif) deb atalgan. Haqiqiy rost, chin hadislarni soxta hadisdan ajratish eng muhim ish hisoblangan. Bu ishda ham qiyoslash, taqqoslash usulidan foydalanilgan. Masalan, biron hadis turli shaxslardan, turli, bir-biridan uzoq joylarda solishti-rilgan ular aynan tug'ri kelsa o'shanday hadis sahih, yani chin hadis hisoblangan, agar bir-biriga bironta so'zda, manoda to'g'ri kelmasa unday hadis soxta yoki zaif hisoblangan va tashlab yuborilgan. IX-X asrlarda hadisshunoslik va hadislarni to'plash tugallangan. To'plangan hadislar hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis (hadis to'plovchi) mashhur bo'lgan. Shulardan uchtasi Markaziy Osiyo-dan chiqqan. Muhaddislar orasida eng orbo'lisi va mashhuri Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (809-870 yillar) dir. U Buxoroda tug'ilib, shu yerda o'z davri ilmlarini, ayniqsa, diniy bilimlarini har tomonlama o'rgangan. So'ng o'z bilimlarini mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, Bog'dod, Damashq, Hijoz, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga borgan. Bu shaharlarda juda ko'p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, hadislar to'plagan, so'ng Buxoroga qaytgan. U Samarqand yaqinida vafot etgan. Uning maqabarasi hozir tamirlangan va ziyoratgohga aylantirilgan. Buxoriydan bizga ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.28 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.28 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: doc