Mavzu. «Islomning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o'rni va ahamiyati. Tarix va hozirgi zamon» Reja: 1. Movarounnahrda islomgacha bo'lgan dinlarning jamiyat ma'naviy hayotidagi o'rni 2. O'rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida islomga munosabatlari va ma'naviyatni rivojlantirilishi 3. Islom olimlarining dunyo ilm-faniga qo'shgan xissalari 4. Taraqqiyotning hozirgi bosqichi va islom ma'naviyati rivojiga etiborning kuchayishi O'rta Osiyo xalqlarining islomgacha bo'lgan davrda o'zlariga xos muayyan dinlari (buddaviylik, zardushtiylik) va madaniyatlari ancha rivojlangan bo'lib, islom dini bu hududga kiritilganidan so'ng bu xalqlar madaniyati yanada rivojlandi va boyidi. Biroq islomni Movarounnahrga kiritilishi osonlikcha bo'lmay, bir qancha murakkab jarayonlarni engib o'tishiga to'g'ri keldi. O'rta Osiyo arab istilochilari tomonidan zabt etilishi VII asr oxiri va VII asr boshlarida umaviylar sulolasi hukmron bo'lgan 661-750-yillarda arablar harbiy yurishining ikkinchi bosqichiga to'g'ri keladi. Yani VII asrning 70 yillarida Eron hududi bosib olinganidan so'ng O'rta Osiyo (Movarounnahr) erlariga ham harbiy yurishni boshladilar. Mahalliy xalqlar arablarga qattiq qarshilik (xalq qo'zg'olonlari) ko'rsatishiga qaramasdan VII asr o'rtalarigacha bu hudud bosib olingan va asta-sekin, har xil yo'llar bilan islom dini targ'ibot qilindi. O'rta Osiyo xalqlari hayotiga islom ta'limotining kiritilishi muayyan darajada ijobiy rol o'ynagan. Jumladan, arablar hukmronlik qilgan dastlabki asrlarda ilohiyot, fan, falsafada arab tili hukmron bo'lgan. Ammo keyinchalik mahalliy xalqlarning o'z tillarida ham madaniyat rivojlanib, unga islomning ta'siri kuchli bo'lgan. O'rta Osiyo xalqlari madaniyati, ilohiyot va fanlarning rivojlanishiga islomning ta'siri kuchli bo'lgan. IX-XII va XIV-XV asrlardagi Uyg'onish davrida undan keyingi hayotda jahonga mashhur olim, mutafakkirlar, ilohiyot sohasining yirik namoyondalari etishib chiqqanlar. O'rta Osiyo ilohiyotchi ulamolar sunniylikdagi mazhablar (ayniqsa hanafiya mazhabi), sufiylik tariqati hamda islom ilohiyotidagi oqimlar: Al-ashariylar, jabariylar, qadariylar, mutaziliylar, mutakallimlar haqida salmoqli asarlar yaratib, islom nazariyasi va amaliyotiga katta hissa qo'shganlar. Masalan, hadislarning jamlash bizning yurtdoshlarimizdan Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) 600 00 dan ziyod Hadis to'plagan va uning 7275 tasini isxonarli deb 4 jildlik to'plamga kiritgan: So'fiylik tariqati sohasida Ahmad Yassaviy, Bahouddin NAQSHband tariqatlarini ko'rsatish mumkin. Burxoniddin Marg'inoniy Xidoya asarini yaratgan. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Mahalliy xalqlar madaniyatining islom bilan aloqadorlikda rivojlanishi xususida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Islomning vujudga kelishi o'sha davrdagi arab xalqlari tarixida, ijtimoiy taraqqiyotida katta ijobiy burilish bilan bog'liq bo'lgan. 2. O'rta Osiyoda arablar hukmronligi o'rnatilgan o'rta asrlarda ilm-fan kurtaklari, falsafada, ilohiyotda, hurfikrlilikda yagona arab tili qaror topgan edi. Biroq bu hol keyinchalik yerli xalqlarning o'z tillarida - forsiy, turkiy, o'zbek, turkman, boshqa tillarda shularga xos madaniyat rivojlangan. Bu madaniyatda islom ta'siri shubhasiz kuchli bo'lgan. 3.Arab istilochilari VII asrda O'rta Osiyoga kirib kelgach, oldin bu yerda uzluksiz sodir bo'lib turgan o'zaro ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.76 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.76 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: ppt