ISLOM DINIDA ILM VA ILM AHLINI ULUG'LASH MADANIYATI Reja: Islom hayotida ilmning o'rni. Islom dinida ilmga bo'lgan munosabat. Ota - ona hamda farzandlarning haq-huquqlari va vazifalari. Davlat rahbarlari va ra'iyatning haq - huquqlari, vazifalari. Musulmonlarning haq - huquqlari va vazifalari. G'ayridinlarning haq - huquqlari va vazifalari. O'tgan asrlarda ovrupoliklar orasida Islom dini fikriy harakatlarning dushmani bo'lgan, barcha ilmiy va falsafiy harakatlarga qarshi kurash ochgan degan noto'g'ri fikr tarqalagan edi. Manashu fikrning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini Qur'on ta'limoti va tarihiy hujjatlar asosida isbot qilishga harakat qilamiz. Haqiqatni olganda, ilmga qarshi urush ochganlar boshqa dinlarning peshvolari bo'lgan. tarihchilar bir ovozdan ta'kidlashlaricha, tabiiy ilm ulamolari o'rta asrlarda Evropada din peshvolari tarafidan qattiq taqib qilinganlar. O'sha vaqtda din peshvolariga va cherkov fikrlariga to'g'ri kelmagan fikrlarni aytgan olimlar va mutafakkirlar sud qilish uchun alohida sud hay'atlari tuzilgan. Agar biror olim cherkov fikriga to'g'ri kelmagan fikrni aytsa, uni tutib keltirib tavba qildirishar va ikkinchi martda bunday gapni aytmaslikka ahdnoma olar edilar. Agar o'sha olim o'z fikrini ikkinchi martda takrorlasa, uni tutib olib tiriklayin yoqib yuborishar yoki baland joydan chuqurlikka tashlashar edi. Huddi shu uslub bilan o'rta asrlarda ko'pgina ulug' olimlar halok bo'lgan edilar. Mana shu holat uzoq vaqt davom etdi. Protestant mazhabi keng tarqalib, o'z mazhabiga ko'pgina davlatlar ergashganidan so'ng, bu holat o'z kuchini yo'qotdi. Protestant mazhabi o'ziga odamlarni jalb qilish maqsadida, fikr erkinligiga ruhsat berishga majbur bo'lgan edi. Shunday qilib, ilm g'alaba qildi. Lekin din peshvolaridan azob chekkan ilm egalari din peshvolarining o'zidangina o'ch olish bilan kifoyalanib qolmay, balki dindan ham o'ch ola boshladailar. Ba'zi sodda diniy kitobladan kulib, ularni ibtidoiy jamoa davridagi kishilarning fikrideb atadilar. Qulay fursat topilishi bilan dinni hurmatsizlash paytida bo'ldilar. Bu ish ohiri borib dindan yuz o'girish va dinsizlikning tarqalishiga sabab bo'ldi. Hattoki, ba'zilar dindorlik johillikdir degan fikrga ham bordilar. Bu haqda to'liqroq tasavvurga ega bo'lish uchun XlX asrda nashr etilgan qomuslardan birida din peshvolari haqida nimalar yozilganiga bir nazar solishning o'zi kifoya: Ma'lumki, inson tabiati aqlga to'g'ri keladigan narsalarga ishonishni hohlaydi. Ular (din peshvolari) Yo'q!, deydilar va inson aqlini yahshi bilan yomonni, adolat bilan zulmni ajratish haqqidan mahrum qilishga urinadilar. Aql ko'zini ko'r qilib bo'lganlardan so'ng, mo'jizalarni ham oddiy narsa qilib oqni qora, yahshini yomon qilib ko'rsataveradilar. Shunday qilib, din odamlarni ko'r ko'rona itoatga chaqiradi. Agar ulardan, kimga itoat qilamiz, elimizgami yoki tabiiy vazifalarimizgami, yoki qalbdagi hissiyotlarimizgami deb so'rasang, ular, bu bilan ishing bo'lmasin, itoat qilish sening vazifang, deyishadi. Bu ko'proq hristian diniga va boshqa dinlarga tegishli gaplar. Ammo Islom ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.64 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.64 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:40 ]
Arxiv ichida: doc