ISLOM DINING VUJUDGA KЕLISHI RЕJA: 1. Muhammad payg'ambar (S.A.V) islom dining asoschisi. 2. Islomning paydo bo'lishi. Islom dinining paydo bo'lishi va butun dunyoga tarqalishi tarixi to'g'risida birinchi bo'lib Alixonto'ra Sog'uniy o'z milliy tilimizda Tarixi Muhammad kitobini yozdi. Demokratik jamiyat qurish yo'lida ildam odimlayotgan, barcha din ahllari huquqiy jihatdan teng ko'riladigan, ko'p millatli O'zbekiston xalqining iymon-e'tiqodi mustahkam, mashaqqatlarga chidamli, ma'naviy tarbiyasi yuksak bo'lishida Qur'onda nomlari zikr etilgan payg'ambarlar tarixlarining tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Chunki har bir payg'ambarning tarixi shu payg'ambar o'z ummatiga keltirgan dinning tarixidir. Toki har bir vatandoshimiz, ayniqsa yoshlar faqat Islom dini to'g'risida emas, umuman dunyodagi mavjud dinlar, ularning tarixi, mohiyati to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lsin - degan edi Prezidentimiz I. A .Karimov. Shu nuqtai nazardan islom dinining asoschisi va payg'mbari bo'lgan Muhammad (s.a.v.)bilan bir qatorda yakka xudolikni targ'ib etuvchi payg'ambarlarni eslab o'tish, bular haqida ma'lumotli bo'lish maqsadga muvofiqdir. Tarix millatlarning o'tmishidagi hayotidan bahs yuritadi. Ularning qanday hayot kechirganliklari va qanday fikr yuritganliklarini ko'rsatadi. Tarix sahifalarida biz uchun ko'plab ibratlar borligi haqiaqtdir. Chunki tarix har bir davrning oynasi sanaladi. Insonlar unga qarab o'zlarini o'nglaydilar. Tarix ikkiga bo'linadi: umumiy va xususiy. Umumiy tarix Odam alayhissalomdan hozirga qadar yashab o'tgan insonlar hayotidan bahs yuritadi. Xususiy tarixda esa, faqatgina bir millatning tarixi yoritiladi. Shu o'rinda Islom dini muayyan bir millat dini sifatida emas, balki, dunyo xalqlarini birdamlikka chorlovchi ta'limot sifatida o'rganishimiz kerak. Islom dinining muqaddas kitobi bo'lgan Qur'oni karimda 25 ta payg'ambar nomlari qayd etilgan. Bular quyidagilar: Odam alayhissalom, Shis alayhissalom, Idris alayhissalom, Nuh alayhissalom, Hud alayhissalom, Solih alayhissalom, Ibrohim alayhissalom, Lut alayhissalom, Ismoil va Ishoq alayhimussalom, Y'aqub va Yusuf alayhimussalom, Ayyub alayhissalom, Shuayb alayhissalom, Muso va Xorun alayhimussalom, Dovud alayhissalom, Sulaymon alayhissalom, Ilyos va Alyasa' alayhimussalom, Yunus alayhissalom, Zakariyo va Yahyo alayhimussalom, Iyso alayhissalom va so'ngi payg'ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Islom dining asoschisi, «Allohning elchisi» (rasulloh), «payg'ambarlarning eng oxirgisi» (xotamun - nabiyin) Muhammadning (s.a.v.) bolalik va yoshlik yillari haqida juda kam ma'lumotlar bor. U zotning 570 yil 22 aprelda tug'ilgan dеb ko'rsatib kеlinmoqda. U kishi yoshligidayoq yеtim qoladilar, otalari Abdulloh payg'ambar tug'ilmay turib vafot etgan. Onalari Omina esa 6 yoshliklarida olamdan o'tgan. 2 yildan kеyin u kishini o'z tarbiyasiga olgan (ota tomondan) buvalari Abdulmutalib ham vafot etadi. Yosh yеtimni amakilari Abu Tolib o'z tarbiyasiga oladi. 12 yoshida Muhammad(s.a.v) Abu Tolibning savdogarlik bilan Suriyaga qilgan uzoq safarida hamroh bo'lganlar. Bu birinchi safarda Muhammad (s.a.v) o'zlariga butunlay yot bo'lgan nosoro Yahudiy va boshqa dinlarga tеgishli jamoalar bilan tanishadilar. Bu ul zot tug'ilgan va ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.84 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.84 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: doc