Islom manbalari va marosimlari haqida tushuncha

Islom manbalari va marosimlari haqida tushuncha

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islom manbalari va marosimlari haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Mavzu. «Islom manbalari va marosimlari» Reja: 1. Quronningn jamlanishi, tarkibi va shaxs ma'naviy qiyofasiga ta'siri 2. Toshkentdagi Usmon musxafi tarixi va quron tarjimalari 3. Hadis ilmining shakllanishi 4. Hadisshunoslik va mashhur muhaddislar 5. Shariat mazmuni va tuzilishi 6. Islom marosimlari va ularning xalq ma'naviyatidagi o'rni Diniy manba tushunchasi shundan iboratki, jahon xalqlarining tarixiy taraqqiyotida vujudga kelgan va asrlar osha ajdoddan-avlodga o'tib, ularning e'tiqodiga aylangan har bir yirik dinlarning muqaddas yozuvlari (kitoblari) Alloh tomonidan inom etilgan deb qaraladi. Ana shu muqaddas kitoblar dinlarning manbalari hisoblanadi. Quron islomning muqaddas kitobi sifatida Allohning mo'jizali kitobi bo'lib, yer yuzi musulmonlarining dasturul amali, diniy ahkomlar manbaidir. Quron Muhammad Payg'ambarga vahiy orqali tushgan, tilovati ibodat hisoblanuvchi muqaddas kitobdir. Ana shunday kitoblarni Alloh boshqa payg'ambarlarga ham o'z vaqtida nozil qilganligi haqidagi fikrlar malum. Quronda boshqa ilohiy yozuvlar bir yo'la tushgan deb hisoblansa, Quroni karim 23 yil mobaynida Alloh farishta Jabroil orqali Muhammad payg'ambarga vahiy qilib yuborgan, so'ngra ular to'planib xalifa Usmon hukmronligi davrida mushaf qilingan. Shunday qilib, islom dini shakllangan davrdan boshlab Quroni Karim islom dinining asosiy manbasi bo'lib kelayotir. Islom manbalaridan yana biri sunnadir. Sunna islomda Qurondan keyingi, uni to'ldiruvchi islom ilohiyoti va shariatning ikkinchi asosi sifatida etirof etilgan Islom ta'limotiga ko'ra payg'ambarlarga tushgan ilohiy qonunlar to'plamiga ilohiy kitoblar nomi berilgan. Bulardan bir qismi suhuf (sahifalar), bir qismi esa, kitob deyiladi. Bulardan birinchi qism sahifalar: Odam payg'ambarga - 10 sahifa; Shis payg'ambarga - 50 sahifa; Idris payg'ambarga - 30 sahifa; Ibrohim payg'ambarga - 10 sahifa berilgan. Hammasi bo'lib 100 sahifadan iborat, lekin bular bizgacha etib kelmagan. Kitoblar esa to'rtta: Muso payg'ambarga - Tavrot; Dovud payg'ambarga - Zabur; Iso payg'ambarga - Injil; Muhammad payg'ambarga - Quron nozil qilingan. Islom dinining asosiy manbalari to'rtta: 1.Quron; 2.Hadis; 3.Qiyos; 4.Ijmo. Quroni karim suralarining mushaf qilinishi va ichki tuzilishi bayonida, uning nozil bo'lishiga etibor qaratiladi. Islom tarixiga ko'ra Quronning sura va oyatlari Muhammad payg'ambarga parcha-parcha tarzida vahiy qilib borilgan; bu vahiyning birinchi bayoni «Laylatul qadr» kechasida boshlanib, ularning vafotlarigacha, yani 23 yil davom etgan. Islom dini, nur iymon va hidoyatining boshlanishi bo'lgan ana shu tun diniy an'ana bo'yicha hijratdan 12 yil oldin ramazon oyining 27-kuniga o'tar kechasi melodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyo'lidan 1 avgustiga o'tar kechasi deb hisoblanib, Quronni vahy qilinishning boshlanishi to'g'risida 97-«Qadr» surasida ifodalangan. Islom manbalarida rivoyat qilinishicha, Muhammad payg'ambar 40 yoshga etganlarida, yani 610 yili Makka shahri yaqinidagi Hiro nomli g'orda yolg'iz qolib, ibodat bilan mashg'ul paytlarida, farishta Jabroil (a.s.) ularga birinchi bor Quron oyatlarini keltirgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.66 MB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.66 MB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga