Islom uchun kurashning Madina davri

Islom uchun kurashning Madina davri

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islom uchun kurashning Madina davri - rasmi

Material tavsifi

Islom uchun kurashning Madina davri Reja: Uhud jangi Xandak jangi va Xudaybiya ahdnomasi Islom uchun kurashning Madina davri Islom tarixidan malumki, Muhammad va uning safdoshlari «muhojirlar», yani ko'chib kelganlar, yasriblik musulmonlar esa «ansorlar», yani «yordamchilar», deb nom oldilar. Ulardan Muhammad payg'ambarga eng yaqin turgan va maslahatchi bo'lgan bir guruhi «sahobalar» (ko'pligi «asxob»-safdoshlar) deb ataladi. Muhammad payg'ambar ko'chib kelgandan so'ng Yasrib Madina, yani shahar, bazan esa Madina an-Nabiy (payg'ambar shahri) deb atala boshlandi. Keyinchalik Islom adabiyotida Makka va Madina Islomning muqaddas markazi sifatida «Makkai mukarrama» «Madinai munavvara» deb ataladigan bo'ldi. Muhammad Madina Markazidagi maydonda o'z izdoshlari bilan juma namozini o'qiydi va shundan boshlab barcha musulmonlar to'planib (jamoat bo'lib) Muhammad payg'ambar imomligida namoz o'qishi an'anaga aylanadi. Shu yerda payg'ambar birinchi bor xutba aytgan, keyin xutba ham an'anaga aylangan. Xutba islom an'anasida o'ziga xos duo-iltijo shakli bo'lib, Muhammad payg'ambar musulmonlar jamoasiga g'alaba va omonlik tilab, xutba o'qigan. Keyingi islom tarixida hukmronlar tarixining barqaror bo'lishini tilab, juma namozidan oldin xutba o'qilgan. Xutba o'qiydigan ruhoniylar xatib (bazan imom-xatib) deyilgan. Muhojirlar va ansorlar bir-birlari bilan aka-uka tutinib, Madinada yagonada diniy jamoa-musulmonlar jamoasi paydo bo'ldi va uni «Ummat al-Mo'minin», deb ataldi. Uni ayrim manbalarda qisqa qilib «umma» deb ham ataladi. «Umma» dinga asoslangan kishilarning birlashishi edi. Muhojirlar bilan ansorlar shahar markazida masjid va payg'ambarga uy qurdilar. Payg'ambar oilasini ham Makkadan Madinaga ko'chirib keltirildi. Makkadan yarim yil ichida bir nechta guruh musulmonlar Madinaga ko'chib keldilar. Muhammad Madinada payg'ambar deb tan olindi, keyinchalik esa siyosiy hokimiyat ham uning qo'liga o'tdi. U bosh lashkarboshi, bosh qozi, bosh imom edi. Muhammad payg'ambar rahbarligida musulmonlar Madinaga ko'chib kelgandan keyin bu yerda to'rtta - muhojirlar, avsetlar, xazrajiylar va yahudiylardan iborat guruhlar vujudga keldi. Muhammad ular o'rtasida birlikka erishish uchun alohida ahdnoma tuzdi va hujjat sifatida rasmiylashtirdi. Olimlarning yozishicha (Masalan, Muhammad Hamidulloh) bu hujjat «Madina konstitutsiya»si edi. Hujjatda, bu to'rt guruh bir jamoadan iborat, ular bir kuch sifatida jangga kiradi, asirlarni qutqarish uchun sarflangan xarajatlarni ham o'rtada qilinadi, ular o'z oralaridan hech kimni qarovsiz qoldirmaydi, qonunbuzar va jinoyatchilarga qarshi birga ko'rashadi, barcha dindorlarning himoyachisi Allohdir, dindorlar esa bir-biriga himoyachidir, dushman bilan jang tugagach, barcha guruh birlikda sulh tuzadi, o'ldirilgan shaxs uchun dindorlar bir-biridan qasos olish huquqiga ega, lekin qon to'kmasdan tovon to'lash maquldir, hamma guruhlar islom dushmani bo'lgan qurayshlarga qarshi kurashadilar, hech kim ularni himoya qilmasligi kerak, bu ahdnomani buzganlar Allohning qahriga uchraydi, deb yozib qo'yilgan edi. Bu tarixiy hujjat islom mamlakatlarida ilk feodalizm davrida g'oyat muhim ahamiyatga ega edi. Uning ko'pgina talablari hozir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.99 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.99 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga