Islomdagi yo'nalish va mazhablar

Islomdagi yo'nalish va mazhablar

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islomdagi yo'nalish va mazhablar - rasmi

Material tavsifi

Islomdagi yo'nalish va mazhablar Reja: S u n n i y l a r ISLOMDAGI MAZHABLAR: So'fiy-tasavvuf ta'limoti Yaxlit tizimdan iborat islomda hokimiyat, uning tepasida qanday kuch va qanday kishilar turishi lozim, bunda kimlar huquqga ega, siyosiymi yoki diniy jamoami, xalifalikda asosiy kuch Quron va shariatga, aqida va fiqxga munosabatlar turlicha bo'lgani kabi masalalarda kelisha olmaslik natijasida VII asrning ikkinchi yarmidayoq turli yo'nalish va mazhablar, sektalar vujudga kelib ular o'rtasida kurashlar boshlandi. A) Sunniylar va Shialar yo'nalishlari Muhammad payg'ambar vafotidan keyin 4 ta xalifadan Abu Bakr, Umar, Usmon xoshimiylar urug'idan emas edilar. Ali esa shu urug'dan edi. Musulmonlar orasida xalifalik hokimiyatiga faqat payg'ambar avlodlari egalik qilishi lozim deb hisoblaydiganlar va aksincha hokimiyat tepasiga payg'ambar avlodi bo'lmagan kishilar, agar ular diniy jamoa tomonidan saylansa ham chiqishi mumkin degan musulmonlarga ajraldi-lar. Bular islom tarixida Sunniylar va Shialar yo'nalishini vujudga keltirdilar. S u n n i y l a r Sunniylar (sunna so'zi arabcha bo'lib, «an'anaviy yo'l») dunyodagi barcha musulmonlarning to'rtdan uch qismini tashkil qiladi. Hozirgi paytda Sunniylar asosan arab mamlakatlarida, Turkiya, Afg'oniston, Indoneziya, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Xitoy, Bolgariya, Albaniya, Yugoslaviya, sobiq SSR o'rnidagi mustaqil davlatlarda yashaydilar. Jumladan O'zbekistonda yashaydigan Sunniylar uchun Makka, Madina, Kaba, Quron, Muhammad payg'ambar va to'rt xalifalar «choryorlar», payg'ambar hadislari sunna to'plami muqaddas hisoblanadi. Sunniylar Allohni odam qiyofasida go'yo arshi alodagi o'z taxtida o'tirgan sharqona shahanshoh qiyofasida tasavvur qiladilar. Sunniylar siyosiy hokimiyat mamlakatni boshqaradigan oliy kuch, diniy jamoalar esa ularga bo'ysunuvchi va unga yordam beruvchi g'oyalar kuchi deb bilganliklari uchun podsholar, amirlar, sultonlar yonida shayxu islom lavozimida oliy islom vakili turgan. Sunniylar Shialardan farq qilib, Muhammad payg'ambar vafotidan keyin Alloh bilan odamlar o'rtasida vositachilik bo'lishini tan olmay, podsholar payg'ambar yo'lini davom ettiruvchi Allohning yerdagi vakili deb hisoblaydilar. Ali va uning avlodlarini imomatga, yani musulmon jamoasiga rahbarlik qilish huquqi bor deyuvchi Shialar talabini ham inkor qiladilar. Shuningdek, huquq masalalarini hal qilishda, hayitlar xususida, g'ayridinlarga munosabatda, namozning juziy masalalarida, diniy masalalarda, fuqarolik huquqlarida, ruhoniylarning darajalari, masjidlar xususida, diniy tashkilotlar tuzilishida ham Sunniylik Shialikdan jiddiy farq qiladi. Shariatga munosabat, uning tamoyillarini qo'llash jarayonida Sunniylikda to'rtta mazhab paydo bo'lgan: ISLOMDAGI MAZHABLAR: «Mazhab» arabcha so'z bo'lib, «oqim», «yo'l», «ta'limot» manosini anglatadi. Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,3 mlrd. musulmon aholisining 92.3 foizini Sunniylar tashkil etib, mazhablar bo'yicha quyidagicha nisbatda bo'lingan: Xanifiylar 47 foiz, shofiylar 27 foiz, molikiylar 17 foiz, Xanbaliylar 1.5 foiz. Shialar 7.5 foiz bo'lib, unda islomiy, jafariy, zaydiy mazhablari mavjud. (Qarang: Dinlar haqida ma'lumot. Toshkent 200. Buklet 1-buklam). Xanifiylar. Bu mazhabga imom Abu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.16 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.16 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga