Islomdagi yo'nalishlar. Tasavvuf va fiqh

Islomdagi yo'nalishlar. Tasavvuf va fiqh

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islomdagi yo'nalishlar. Tasavvuf va fiqh - rasmi

Material tavsifi

Islomdagi yo'nalishlar.Tasavvuf VA FIQH Mistitsizm, mistika so'zlari qadimiy yunon tilidagi mistikos - yashirin, sirli ma'nolaridagi so'zdan olingan bo'lib, ilohiyot bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta'limot. Bu ta'limot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori bo'lgan sirli aloqasi bo'lib, uning natijasida insonda Xudoni bilish hosil bo'ladi. Qadimiy Sharq va Þnon dinlarida ham insonni g'ayritabiiy kuchlar bilan bog'laydigan urf-odatlar (misteriyalar) - mistitsizm elementlari bor edi. Yakkaxudolik dinlarining barchasida mistitsizm elemеntlari mavjud. Hayotning barcha sohalariga diniy e'tiqod tegishli bo'lgan o'rta asrlarda uning roli katta bo'ldi. Feodalizm davrida mistitsizmning ikki yo'nalishi - mavjud bo'lib, ular ortodoksalcherkov mistitsizmi va eretik mistitsizm edi. Birinchisiga ko'ra inson butunlay Xudoning hukmiga bo'ysungan bo'lib, uning xohishiga qarab unga etishishi mumkin bo'lsa, ikkinchisining ta'limotiga ko'ra inson o'z harakatlari bilan ham Xudoga etishishi mumkin deyiladi. Sufiylik - islomdagi mistikasketik oqimdir. Sufiy yoki mutasavvif so'zlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Sufiy mualliflari ko'pincha uning kelib chiqishini SFV (sof bo'lmoq) o'zagidan yoki «ahl assuffa»ga tegishli deb ta'kidlaydilar. ¢arbiy Evropa tadqiqotchilari to XX asrga qadar uning kelib chiqishini Þnoncha sоfiа - «hikmat» so'zidan kelib chiqqan degan fikrga moyil bo'lishgan. Endilikda o'rta asr musulmon olimlari ta'kidlagan bu so'zning «suf» (jun) so'zidan kelib chiqqanligi haqidagi fikrlari umum qabul qilingan fikr hisoblanadi. Chunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag'al jundan kiyim kiyishlari edi. Shimoliy Arabiston va Suriyada xristianlikning turli sektalariga mansub jahongashta monax va anaxoretlarni sufiy deb atalar edi, degan ma'lumotlar ham bor. Sufiylikning paydo bo'lishi va shakllanishi. Tasavvufga asos bo'lgan tarkidunyochilik kayfiyatlari deyarli islom bilan bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg'ambar a.s.ning AbudDardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi asketikmistik oqimning shakllanishi VII asrning o'rtalari IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, shu jumladan islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda sufiy yoki attasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o'rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so'zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistikasketik oqimning paydo bo'lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi birinchi ikki asr davomidagi siyosiyijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma'naviyg'oyaviy izlanish va boshqa dinlarning, xususan xristianlikning ta'sirini ko'rsatish mumkin. Ilk davr sufiylarining, aniqrog'i zohid va obidlarining o'ziga xos xususiyatlaridan - Qur'oni Karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur'on va Payg'ambar a.s. sunnatlariga qat'iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o'tkazish, kunduzlari ro'za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o'zini uzoq tutish, halol va harom ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga