Islomning asosiy manbalari

Islomning asosiy manbalari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islomning asosiy manbalari - rasmi

Material tavsifi

Islomning asosiy manbalari Reja 1. Qur'oni karimni nozil bo'lishi. 2. Qur'oni karimni jamlanishi 3. Hadislarni to'planishi Qur'on - arabcha qara'a (o'qimoq) felidan olingan. Qur'on suralardan iborat. Sura Qur'ondan bir bo'lak bo'lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o'z ichiga oladi. Qur'onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur'on matnlarini taqsimlashning turli yo'llariga ko'ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 66 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur'on nushalarining bir - biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi. Suralar Qur'onda o'z mazmuniy izchilligiga yoki o'qilgan vaqtiga, ya'ni xronologik tartibiga qarab emas, xajmiga ko'ra - avval katta suralar, undan so'ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v. ko'rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo'lgan 2 - surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat. Muhammad Payg'ambar vafot etganidan so'ng xalifa Abu bakr davrida suralarni yoddan biladigan odamlar hayotligi vaqtida bu suralarning matnini to'plash zarurati tug'ildi va bu ish Payg'ambar hayotining so'nggi bеsh yil mobaynida uning kitobi bo'lib xizmat qilgan va ko'plab suralarni o'zi ham yoddan bilgan Zayd ibn Sobitga topshirildi. Ubarcha manbalardan yig'ilgan suralarning to'plamini tuzdi. Suralarning bu to'plami «Suhuf» (sahifalar) dеgan nom olgan. Bu to'plam Qur'onning Abu Bakr nusxasi ham dеyiladi. Halifa Usmon ibni Affon tеz fursat ichida Qur'oni karimning mufassal, bir butun kitob xolidagi nusxasini yaratishga amr etdi.Bu ish yana Zayd ibn Sobitga topshirildi. 651 yilda bu vazifa bajarildi. Yangi yaratilgan nusxa «Mushaf» ko'pincha esa «Usmon to'plami» dеb atala boshladi. Usmon Qur'oni kiyik tеrisiga bitildi. Kеlgusida bu boradagi har qanday tafovutlarning oldini olish maqsadida, qolgan barcha to'plamlar, matnlar, shu jumladan, «Suhuf» ham yo'q qilib yuborilgan. Yangi to'plamning asl nusxasi Madinada qoldirilgan, 3 nusxasi esa ko'chirtirilib, Kuba, Basra va Damashqqa yuborilgan. Qur'onning «Usmon to'plami» muqaddas kitobi sifatida rasmiy tan olingan. «Usmon to'plami»ning qolgan 3 nusxasi Qohirada, Makka va Madina shaharlarida saqlanayotir. Islomshunoslik va Qur'onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik tartibini quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin: 1. Makka davri (610 - 615 yillar). Yevropa olimlari bu davrda nozil bo'lgan suralarga Nazmiy suralar deb nom berganlar. 2. Makka davri (616 - 619 yillar), Muhammad s.a.v. va ularning izdoshlari doimiy ta'qib ostida yashagan va ko'pchilik Xabashistonga qo'chib ketgan muhitda nozil bo'lgan. Bu suralar Allohning Rahmon sifatida ko'p tilga olinganligi uchun Yevropa olimlari ularni Rahmon suralari deb ataganlar. 3. Makka davri (610 yil boshlaridan 622 yil sentyabrgacha). Bu davrda ham Muhammad s.a.v. va sahobalar taqib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko'pincha shahardan tashqarida ibodatga to'planganlar. Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.02 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.02 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga