Islomning vujudga kelishi va tarqalishi

Islomning vujudga kelishi va tarqalishi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Islomning vujudga kelishi va tarqalishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Islomning vujudga kelishi va tarqalishi Islom-dunyoda nisbatan keng tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Osiyo qit'asidagi Arabiston yarimoroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg'oniston, Pokiston, Afrika qit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Respublikasi, Somali sin-gari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma'lum bir qismi. Yevropaqit'asida esa Bolqon yarimorolida yashovchi xalqlarning bir bO'lagi islomga e'tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Kavkaz, VolgabO'yi, arbiy Sibir va boshqa ayrim hududlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjuddir. Bu xalqlarning turmush tarziga O'z ta'sirini kO'rsatib kelmoqda. Yer yuzida islomga e'tiqod qiluvchilar, ya'ni musulmonlar bir milliard 200 mln.dan oshdi Yevropa, Amerika va Rossiyada islom, uning tarixi va manbalarini O'rganish XIX asrning 2-yarmidan boshlangan. Lekin islom tarixi, ta'limoti, muqaddas yozuvlarini tahlil, tadqiq qilish Rossiyada ayniqsa O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Shimoliy Kavkazda keng kO'lamda ancha oldin amalga oshirilgan. Bu ish endi yanada kengroq miqyoslarda olib borilmoqda. Yevropalik olimlar islomshunoslik fanini yaratish, islom tarixi va manbalarini O'rganish yo'lida kO'p xizmat qilganlar. Jumladan, M.Myuller, E.Taylor, K.Tile, Sh. dela Sosse, J.Freyzer va boshqalar. Ularning xulosalarida ayrim cheklanishlar bo'lishiga qaramay, ular bu fanning rivojlanishiga muhim hissa qo'shganlar. Rus sharqshunosligida ham islom tarixi, diniy manbalarni tadqiq qilish sohasida barakali ishlar olib borilgan V.R.Rozen asos solgan mashhur Rus akademik sharqshunosligi ning vakillari N.A.Mednikov, L.E.Shmidt, A.YE.Krimskiy, V.V.Bartold, I.Y.Krach-kovskiy, YE.E.Bertels, A.A.Semenov va boshqalar islomshunoslik sohasida qimmatli asarlar yaratganlar. Bu asarlar hozir ham islomshunos olimlar uchun boy manba bO'lib xizmat qilmoqda. Islomning paydo bo'lishi va uning ta'limotini ilmiy nuqtai nazardan o'rganish masalasi o'tgan asrning 30-yillariga kelib jid-diy ravishda o'rtaga qo'yildi. Bu sharqshunoslik va umuman tarix fanining tiklanish davri edi. Asrlar davomida tarix fani va sharqshunoslik erishgan yutuqlar va yuzaga keltirgan xulosalarni ilmiy nuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqish va baholashdek juda mas'uliyatli va murakkab muammo hali ham to'la yechilgani yo'q. Bunday sharoitda har bir muhim ilmiy masala bo'yicha xilma-xil fikrlarning mavjud bo'lishi tabiiy edi. Islomning paydo bo'lishi va ta'limoti yuzasidan ham juda ko'p fikr va mulohazalar o'rtaga tashlangan hamda muhokama qilinib, muayyan yechimini topgan. Mazkur darslikda ana shu fikr-mulohazalarning obyektiv, nisbatanasosli, aksariyat islomshunoslar tan olgan nuqtai nazarlaridan foydala-nilgan. I.Karimov asarlarida bu din haqida olg'a surilgan fikr-mulohaza va dasturlar asos qilib olingan. Islomning vujudga kelishini tahlil etish O'sha tarixiy davr-VI-VII asrlarga xos xususiyatlar, arab qabilalari O'rtasida hukmron bO'lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va ularning diniy-g'oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi. Yarimorolning nisbatan yaxshi iqlim sharoitiga ega bo'lgan qismida joylashgan yaman nomli kichik bir viloyat, qadimdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga