JAHON DINLARI HAQIDA TUShUNChA. Reja: 1. Jahon dinlari (buddaviylik, zardushtiylik, Xristianlik, islom.) dinining shunday bir ko'rinishini. 2. Buddaviylik dunyoda birinchi paydo bo'lgan jahon dinidir. 3. Zardushtiylik dini dastlabki va eng qadimiy jahon dinlaridan biri. Jahon dinlari (buddaviylik, zardushtiylik, Xristianlik, islom.) dinining shunday bir ko'rinishini, bu dinlar paydo bo'lgan hududdagina amal qilib qolmay, Yer yuzining boshqa hududlarida ham o'rinlar e'tiqod qiluvchilarni vujudga keltira olgan dinlardir. Bu dinlar o'z e'tiqodchilarning milliy, etnik, til, irq, tug'ilgan joyi, qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qatiy nazar, bu dinlarni qabul qilishlari mumkin. Millat dinlari ( Iudaizm, Xinduizm… Sintoizm, Konfutsiylik ) elatlarning keyin esa millatlarning shakllanishi jarayonini aks ettirgan. Bu dinlar o'zlari paydo bo'lgan hududdagi odamlarning ( elat, millatlarning ) o'z millatlariga davlatlariga siginishini ifodalovchi dinlar edi, jahon dinlariga esa prozelitizm ( yunoncha - kelgindi ) yani boshqa diniy e'tiqoddan odamni o'z diniga kiritishga urinish uni faol targ'ibotchilik xususiyati xosdir. Bugungi kunda boshqa dinga e'tiqod qilayotgan shaxs ertaga ( agar xoxlasa albatta ) istagan jahon dinini qabul qilishi mumkin. Jahon dinlari paydo bo'lishi bilan endilikda xalqlar hayotida mumkin hodisa bir dindagi turli xalqlarning yaqinlashuv jarayoni ham ro'y bera boshladi. Jahon din xam jamiyat taraqqiyotidagi buyuk tarixiy burilish davrida bir ijtimoiy, iqtisodiy farmatsiyadan ikkinchisiga o'tish, yagona markazlashgan davlatga birlashish jahon imperiyalari tarkib topayotgan paytlarda, yani jahon imperiyasi uni jahon dini yaratish ehtiyoji tug'ilgan paytda bo'ldi. Buddaviylik dunyoda birinchi paydo bo'lgan jahon dinidir. Buddaviylik milloddan avvalgi I mingyillik o'rtalarida hindistonda paydo bo'ldi. Bu din tarafdorlari uning paydo bo'lishini Shakya Muni-Budda targ'ibotining natijasi deb hisoblaydilar. Aslida esa ularning paydo bo'lishi hind jamiyatida ro'y bergan muhit o'zgarishlar - urug - qabilachilik aloqa va tartiblarning emirilishi, sinfiy zulmning kuchayishi hamda yirik quldorlik davlatining paydo bo'lishi bilan bog'liq edi. Buddaviylik hindistonda quldorlik munosabatlari rivojlanayotgan davrda quldorlik mafkurasi sifatida vujudga kelgan. Oldingi din - brahmanlik yirik quldorlik davlatining tashkil topishi, sinfiy zulmning kuchayishi talablariga javob bermay qo'ygan edi. Garchan buddaviylik brahmanlikning tabaqalanish haqidagi ta'limotiga qarshi o'laroq kishilaarning tengligi masalasini o'rtaga tashlagan bo'lsada, u quldorlik jamiyatining asoslarini mustahkamlashga xizmat qilgan. Buddaviylikning yomonlikka qarshi bosh ko'tarmaslik to'grisidagi g'oyasi qullarning quldorlarga qarshi bosh ko'tarmaslikka xizmat qilgan. Shuning uni ham hukmron sinflar buddaviylikning shu g'oyasini keng targ'ib etganlar. Shuning uni ham milloddan avvalgi II asrda ( imperator Ashoka davrida ) hokimiyatning faol qo'llab - quvatlanishi natijasida budda tashkiloti ( rohiblik jamoasi ) va diniy aqidachilik vujudga kelgan. Buddaviylikning asoschisi shahzoda Siddakatra ekanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Suddpatra vafot etganidan so'ng Budda, yani xaqiqat najotkori deb ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.11 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.11 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: doc