Markaziy Osiyoda provaslavlik dinining yoyilishi Subtitle here Reja: 1. Pravaslavlik dinining Markaziy Osiyo hududiga kirib kelishi 2. Markaziy Osiyoga katolik va protestant yo'nalishi vakillarining kirib kelishi 3. O'zbekistonda tarqalgan xristianlik Fanda pravaslavlik dinining Markaziy Osiyo hududiga kirib kelishi ikki yo'l bilan amalga oshgani e'tirof etiladi. Birinchisi, milodning II asrlaridan to bugungi kunga qadar xristianlikni targ'ib etuvchi missionerlarning targ'ibotchilik harakati bo'lsa, Ikkinchi yo'l, mintaqaning Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e'tiqod qiluvchi aholining ushbu mintaqaga ko'plab ko'chib kelishi orqali amalga oshgan. Zamonaviy O'zbekiston va Qozog'iston hududlarida apostol Andrey Pervozvanniyning diniy faoliyati ilk xristianlik tarixi manbalarida qayd etilgani diqqatga sazovor. Buning dalili sifatida bugungi qadar saqlanib qolgan hind xristianlarining Foma qaydnomalari va milodiy II-asrda tashkil topgan Markaziy Osiyo cherkovi taraqqiyoti haqidagi tarixiy yozma manbalar xizmat qiladi. Hozirgi O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Sinszyan-Uyg'ur muxtoriyati (Xitoy) hududida arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko'plab xristianlik yodgorliklari, jumladan ibodatxona va monastirlarning harobalari, freskali ikona yozuvlari, matolarga bitilgan ikonalar (zandanachi), Injil qissalari tasvirlangan keramiklar, bo'yinga osiladigan xoch va me'dallar hamda xristianlik timsoli tushirilgan davlat tangalari ahamiyatga molik. Undan tashqari minglab xoch tushirilgan qabr toshlar yoki qabr ustiga so'qilgan xochlar topilgan. IV - XIV asrlarga mansub Missionerlar faoliyati natijasida 280 yilda Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo'lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik, missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo'lgan. IV asr boshlarida tashkil etilgan Marv yepiskopligi, V asr boshida mitropoliyaga aylangan. Xurosonliklar va sug'diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddaviylar bilan bir qatorda xristianlar ham bo'lganlar. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qarashli yerlarda yashaganlar. Markaziy Osiyoga ilk rus pravoslavlarning kirib kelishi XIX asrning 40-yillaridagi Chor Rossiyasining Turkistonning shimoliy hududlarini egallashi natijasida Turkistonga ruslarning ko'chib kelishi bilan bog'liq. Har bir polkda maxsus ruhoniylar bo'lib, askarlarning diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ko'chma ibodatxonalar tashkil etilgan edi. 40-yillar oxiriga kelib doimiy ibodatxonalar mahalliy paxsa uslubida qurila boshlaydi va 1850 yili Kopalda birinchi muqim ibodatxona bunyod qilinadi. Ruslar joylashgan hududlarda kichik diniy qarorgohlar vujudga keladi. Dastlabki qarorgohlar 1850-yillada Fort №1 (Aralsk shahri, Koraqalpog'iston), Perovsk (Qizil-O'rda, Qozog'iston), Katta Olma-Ota tumani (Olma-Ota, Qozog'iston), Sergiopol (Ayaguz), Lepsin (Lepsinsk), 1860-yillarda Toshkent, Jizzax, Samarqand, Chimkent, Avliyoota (Jambul), To'qmok, Katta-Qo'rg'onda rus pravoslavlarining diniy qarorgohlari mavjud edi. 1871 yilda Toshkent gospitali huzurida arxiyepiskop Yermogen (Golubev) tomonidan pravoslav qarorgohi ta'sis etilgan. Bu ibodatxona hozirgi Uspenskiy kafedral sobori o'rnida bo'lgan. Dastlab Turkiston Orenburgning tarkibida bo'lganligi bois Tomsk yeparxiyasiga bo'ysingan. Ko'p o'tmay mustaqil arxiyerey ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.6 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.6 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: pptx