Markaziy osiyodagi barqarorlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar Reja: Diniy ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasida namoyon bo'lishidagi asosiy omillar. Diniy g'oyalarning O'zbekistonga tarqalish bosqichlari. Markaziy Osiyoda faoliyat yuritishga intilayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar. Yoshlar va hotin-qizlar orasida esksrimisik g'oyalarni tarqatishga urinishning asosiy sabablari. Shahid tushunchasi. Jaholatga qarshi ma'rifat g'oyasining mazmun-mohiyati hamda diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olishdagi ahamiyati. XX asrning so'ngida jahon siyosiy xaritasida keskin o'zgarishlar ro'y berdi. Sobiq ittifoq parchalanib, uning o'rnida mustaqil davlatlar shakllandi. Natijada birgina Markaziy Osiyoda turli xil yot g'oyalarning yoyilishi uchun katta imkoniyatlar vujudga keldi. Jumladan, O'zbekiston mustaqil davlatga aylanishi va unutilayotgan milliy ma'naviy merosni qayta tiklashga qaratilgan harakatlar turli xil yot g'oyalar va manfaatlarning mamlakatimiz ma'naviy hayotiga suqilib kirishiga shart-sharoitlarni yaratib berdi. Mazkur yot g'oyalarning bir ko'rinishi hisoblangan diniy ekstremizm, so'ngra terrorizm mamlakatimizda o'ziga makon izladi. Diniy ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasida namoyon bo'lishida quyidagilar asosiy omillar muhim rol o'ynadi: TAShQI OMILLAR 1. XX asrning 70-yillarida islom omilining kuchayishi. 2. O'zbekiston chegaralari bilan tutash bo'lgan Afg'oniston va Tojikistonda uzoq davom etgan diniy tusdagi qurolli to'qnashuvlarning mavjudligi; masalan, 1989 yil Dushanbeni shohidon maydonida bir guruh Karategin masxabidagi janglarda Islom o'yg'onish Nurchilar niqobi ostida uyushtirlgan tartibsizliklari Islom davlatini tuzishga qaratilgan ekstremistik namoyish edi. O'zbekiston ham 38 nafar Islomchilar ishtirok etganligi tahdidli edi. 3. O'zbekistonda mavjud bo'lgan diniy mutaassib kuchlarning xorijiy klerikal (jangari diniy oqimlar) tashkilotlar tomonidan g'oyaviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlaganligi. 4. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish shiori ostida ayrim xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning O'zbekistondagi ayrim diniy tashkilotlar faoliyatini qo'llab-quvvatlanganligi. 5.Mustaqillikdan keyin ro'y bergan g'oyaviy jarayonlarning diniy mafkuraviy tahdidlarga sharoit yaratlganligi; 6. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologik muammolarning to'planib qolganligi mintaqaning kollektiv xavfsizligi tizimiga kirmaganligi; 7. Sharq va G'arb manfaatlarining Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekistonda to'qnash kelganligi IChKI OMILLAR: 1) ijtimoiy-iqtisodiy omillar: a)bozor munosabatlariga o'tish jarayonida aholining turmush, ijtimoiy himoyalanganlik darajalarining pastligi hamda jamiyatdagi ijtimoiy -mulkiy tabaqalanish; b) jamiyat ijtimoiy barqarorligining asosi hisoblangan o'rta sinfning shakllanmaganligi; v)ishsizlikning vujudga kelishi, qishloq joylarida aholining zich joylashganligi; g)qishloq aholisining shaharga, ayniqsa, Toshkent shahriga ko'chib kelishi ulardan ayrimlarining tarkidunyochilikka berilib ketishi 2) ma'naviy - axloqiy omillar a)sho'rolar davridagi ateistik siyosat oqibatlari; b)dindorlik darajasini namoyish etishga bo'lgan ishtiyoq (missionerlik)ni namoyish etishga bo'lgan intilishlar; e)ma'naviy sohadagi chalg'itish, bir tizimdagi qadriyatlarning yuqolishi va yangilarning shakllanmaganligi; g)tijoratlashuv, pulga e'tiqod, shaxsiy manfaatning kuchayishi; d)ayollarning jamiyatda tutgan o'rni to'g'risidagi tasavvurning patriarxal tomonga o'zgarishi; s)yoshlar tashkilotlarining etarli darajada faoliyat yurita olmaganligi; jahon maydonlarida mintaqalar va hududlarni mafkuraviy bo'lib olishga urinishlar turli yo'llar bilan ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.21 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.21 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: doc