Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar

Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu. «Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar» Reja: 1. Dorul akram harakati 2. Vahhobiylik harakati 3. Al-ixvon al-muslimun harakati 4. Xizb at-tahrir norasmiy partiyasi 5. Akromiylar 6. O'zbekiston islom harakati 7. Nurchilar 8. IShID (Iroq-Shom islom davlati) Chet eldagi diniy ekstremistik toifalardan biri Dor-ul Akramdir. Uning markazi Malayziyada. Bu toifa a'zolaridan erkaklar to'pig'idan sal yuqori turadigan uzun ko'ylak va kichik salla bilan, ayollar esa qora libos, yuzlariga faqat ko'zi ochilib turadigan niqob kiyishlari bilan ajralib turadilar. Oxirgi yillarda bu toifaning ta'siri oz bo'lsa-da, O'zbekistonda sezilmoqda. Bu toifaning aksariyati sarmoyadorlar va tijoratchilardir. Ular bizdagi talaygina shaxslar bilan aloqa o'rnatganlar. Mazkur toifa Indoneziya, Tailand, Pokiston va boshqa mamlakatlarda ham o'ziga tarafdorlarini topdi. Dor-ul Akram harakati kuchayib, Malayziyada hatto jiddiy muammoga aylandi. Ular islomdan chiqqan kofirlar deb elon qilindi, yurtdan quvildi. Hozir bu guruh rahbari Tailandda istiqomat qilmoqda Biz dastlab bu odamlarni din yo'lida yurgan, Xudo yo'lida bizga xolisona yordam berayotgan kishilar, deb qabul qildik. Aksariyat odamlarimiz ularga nafaqat dasturxonini, balki bag'rini ham keng ochdi Markaziy Osiyoga diniy ekstremizm kirib kelishida aynan Afg'oniston o'ziga xos darvoza vazifasini o'tadi. Mintaqada hozirda quyidagi diniy ekstremistik guruhlar faoliyat ko'rsatadilar: 1.O'zbekistonTurkiston islom harakati» (O'IH), 2.Hizbut tahrir al-islomiy; 3Akromiylar; 4Nurchilar; 5Tablig'chilar. Keyingi yillarda ilgari O'IH tarkibida bo'lgan, hozirda mustaqil faoliyat yuritayotgan «jihodiy jamoatlar» mavjudligi haqida ham ma'lumotlar mavjud. Mazkur jamoatlardan biri 2004 yili Toshkent va Buxoroda terrorchilik harakatlarini amalga oshirdi. Hozirda ko'proq «Hizbut tahrir», «Akromiylar» va O'IH guruhlarining faolligi kuzatilmoqda. «Ixvonul-muslimin» («Musulmon birodarlari») diniy oqimi XX asrdagi islomiy harakatlar ichida eng kattalaridan va kuchli mafkuraviy bazaga ega bo'lgan diniy tashkilot hisoblanadi. Uning asoschisi dindor oilada dunyoga kelgan maktab o'quvchisi Shayx Xasan al-Banno (1906-1949) hisoblanadi. U o'z faoliyatini 1928 yilda boshlab, asosiy etiborini dinni targ'ibot qilish, Quron va hadis ko'rsatmalariga og'ishmay amal qilish hamda masjid va diniy maktablar qurish zarur deb bilgan. 1933 yilda harakatning «Ixvon al muslimin» nomli haftalik gazetasi tashkil etildi. «Ixvonul muslimin» o'ta radikal, ekstremistik tashkilot bo'lib, o'z g'arazli niyatlarini amalga oshirish uchun mavjud davlat va hukumatlarga qarshi, jihod elon qildi. Bu maqsad yo'lida o'zini-o'zi o'ldirish masalasini ham dastlab Al-Banno «Fanul-mout» («O'lim san'ati») kitobida asoslab berdi. Al-Banno ta'limoti asosida jangarilik amaliyotini tayyorlash va amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan barcha ekstremistik harakatlar, hatto zarur bo'lsa o'zini-o'zi qurbon qilish bo'yicha fatvo ham berilgan edi. «Musulmon birodorlar» tashkilotining asosiy vazifasi terrorchilik xujumlari bo'lgani uchun uni boshqaruvchi «Mahfiy apparat»ni tuzdi. Bu tashkilot a'zolarining kuchli terroristik faoliyati shu asosda davom etdi va 1948 yili o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.08 MB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.08 MB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga