Milliy dinlar haqida tushuncha

Milliy dinlar haqida tushuncha

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Milliy dinlar haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Milliy dinlar I. YAHUDIYLIK Yahudiylikning vujudga kelishi va ta'limoti. Yahudiylik dini eramizdan avvalgi 200 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelib, yakkaxudolik g'oyasini targ'ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo'lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylikning kitobiy asoslari er. av. IV-II asrlarda shakllandi. Bu dinning ta'limotiga ko'ra olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go'yoki yahudiylar Yahvening er yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va keyingi dunyoda berilajak in'omlarning eng haqlisi, Muso Yahvening elchisi, Tora (Tavrot) Yahve tomonidan Musoga Tur tog'ida berilgan muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shuning uchun yahudiylik diniga ko'ra shanba kuni ulug' kun hisoblanib, hech qanday mehnatga qo'l urilmaydi. Bundan tashqari yahudiylikda messiya - xaloskorning kelishi haqidagi ta'limot ham keng o'rin olgan. Unga ko'ra oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni qaytadan, isloh qilgan holda qurish; 2) butun yahudiylarni Sinion (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofida to'plash; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolash. Muso Tur tog'ida Yahve bilan uchrashganda unga 10 ta lavhani tushirdi. Ularda ushbu din asosini tashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi: Yahvedan boshqani iloh deb ushlamaslik; But, sanam va rasmlarga sig'inmaslik; Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik; Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag'ishlash; Ota-onani hurmat qilish; Nohaq odam o'ldirmaslik; Zino qilmaslik; O'g'irlik qilmaslik; ¨lg'on guvohlik bermaslik; Yaqinlarning narsalariga ko'z olaytirmaslik. Yahudiylikdagi oqimlar. Yahudiylikdagi oqimlar haqida gapirganda ularni qadimiy oqimlar va zamonaviy oqimlarga bo'lishimiz mumkin. Qadimiy oqimlarga: Saduqiylar, Farziylar, Esseylar kiradi. Saduqiy nomi podshoh Dovud payg'ambar davrida yashagan ruhoniy Saduq nomi bilan bog'liq. Ko'plab mansabdor ruhoniylar saduqiy bo'lganlar. Ular diniy ishlarda faqat Qonun (Musoning besh kitobi)ni tan olganlar. Qonunda ruhoniylar, qurbonliklar, ibodatlar haqida so'z boradi, lekin oxirat va qiyomat haqida hech narsa deyilmagan. Shuning uchun saduqiylar qiyomatda o'lganlarning qayta tirilishini tan olmaganlar. Farziy nomi qadimiy yahudiy tilidagi «tushuntirish», «ajratib ko'rsatish» so'zidan olingan bo'lib, ular Musoning qonunini sharhlaganlar va oddiy odamlarga o'rgatganlar. Farziylar Musoning zamonidan beri og'zaki an'ana davom etib kelyapti deb hisoblaydilar. Ular har bir avlod o'z ehtiyojlarini qondirish uchun Qonunni sharhlay oladi deb bilganlar. Ular muqaddas manba sifatida nafaqat Musoning qonunini, balki boshqa payg'ambarlarning ham muqaddas yozuvlarini, hatto o'zlarining urf-odatlarini ham qabul qilganlar va bularning hammasiga sinchkovlik bilan amal qilganlar. Shuning uchun ular ovqatga, kiyimga va boshqa narsalarga juda ehtiyot bo'lganlar. Qo'llari va badanlarininu ozodaligiga katta e'tibor berganlar. Farziylar juda ko'p payg'ambаrlar tа'kidlаgan qiyomatga, o'lganlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 6.75 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 6.75 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga