Monoteistik va jahon dinlari Reja: Monoteistik din tushunchasi. Monoteistik dinlar kelib chiqishining tarixiy shart - sharoitlari Jahon dinlarining kelib chiqishi Buddaviylik - dastlabki jahon dini Monoteistik din tushunchasi. Dinning tarixiy shakllaridan biri - bu monoteistik dindir. «Mono» grekcha 1 (bir) va teos-xudo, yani yakka, bitta xudoga sig'inadigan dinni monoteistik din deyiladi. Agar turli mamlakatlardagi har xil urug'lar, qabilalar, elatlar, millatlar biror dindagi yakka-yu yagona xudoga, payg'ambarlarga sig'insalar, e'tiqod etsalar o'sha din monoteistik dindir. Monoteistik dinlar quldorlik va feodalizm jamiyatlarida vujudga kelgan. Monoteizm, totemizm, animizim, fetishizm, shomonizm (magiya), politeizm va milliy dinlarning murakkab sintezlashish jarayonida shakllandi. Ammo monoteizm o'zidan avvalgi dinlarni inkor qilsa ham, ularni butunlay siqib chiqara olmadi, balki ularning nazariy va amaliy tomon-larini, yani ularning aqida hamda marosimchiligining ko'p jihatlarini o'zgartirgan holda o'zida olib qoldi. Biroq ana shu merosga nisbatan doimo tanqidiy, hatto norozilik bilan munosabatda bo'lib, ularning bidat (eres), majusiylik (johillik), kufr ko'rinishlari sifatida baholab keladi. Chunki monoteizmda faqat yakka, sherigi bo'lmagan, tengi yo'q xudonigina tan olinadi. Bunday qatiyatlik o'z maqsadiga ega, yakka xudoga iymon-e'tiqod qilgan kishilarni g'oyaviy jihatdan hamda siyosiy maqsadda birlashtirishi mumkin, ammo ko'p xudo va boshqa ilohalar, mabud (mabudalar), turli-tuman fetish yoki ruhlarga sig'inadigan kishilarni esa birlashtirish ham, boshqarish ham, bo'ysindirish ham g'oyat murakkab bo'ladi. Bu muammoni monoteizm peshvolari juda yaxshi anglaganlar, uning oqibatlarini juda yaqqol tasavvur etganlar. Hamma davrlarda g'oyaviy-mafkuraviy kurash turli ijtimoiy kuchlarning moddiy, ijtimoiy, siyosiy, g'oyaviy manfaatlari yo'lidagi kurash edi. Monoteizmning iqtisodiy asosi xususiy mulkchilik bo'lgan. Barcha moddiy boyliklarga xususiy egalik huquqini qo'lga kiritgan sinfiy va tabaqaviy guruhlar mazkur mulkchilikni diniy jihatdan ilohiy, muqaddas, xudoning bandalariga oqilona taqsimoti asosidagi rizq-ro'zi, nasibasi deb hisoblab, bu mulkka nisbatan har qanday davolarni esa xudoga, uning amriga, xohishiga qarshi harakati deb baholangan va ana shu harakatlar kuch bilan bostirilgan, jazolangan. Quldorlik tuzumida aholining juda oz qismini o'sha jamiyatdagi hukmron ijtimoiy guruhlar-quldorlar, erkin fuqarolar orasidagi oliy tabaqalardagi mulkdor kishilar, davlatdagi mansabdor shaxslar, ruhoniylarning oliy yuqori qismi, harbiy kuchlarning ayrim zobitlari, san'at sohasida xizmat qilgan kishilarning ayrimlari, katta yer egalari, boy chorvadorlar tashkil etganlar. Xususiy mulkka ega bo'lgan ana shu kishilar manfaatini huquq, qonun, siyosat, diniy tashkilotlar, harbiy kuchlar, politsiya doimo himoya qilgan. Ming yildan ziyod davom etgan feodalizm tuzumida, butun o'rta asrlarda xususiy mulkni yer, uning ustki, ostki boyliklari, hamda boshqa ko'chadigan va ko'chmaydigan shakllardagi boyliklar tashkil qilardi. Feodallar, yani katta yer, mulk egalari vaqf (diniy tashkilotlarga qarashli yerlar, chorva mollari, sanoat korxonalari, savdo tijorat tizimi, diniy mazmundagi san'at asarlari, vaqf mulki hisoblangan) mulki, davlat ixtiyoridagi mol-mulklar ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.93 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.93 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: doc