Mustaqillik va din. Diniy ekstremizm va fundamentalizm Reja: Vijdon erkinligi diniy e'tiqod erkinligi ekanligi. O'zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining qonun yo'li bilan kafolatlanishi. Diniy ekstremizm va fundamentalizm mazmun mohiyati. Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xavfsizlikka taqdid solayotgan diniy ekstremizm tashkilotlari va ularga qarshi kurash chora-tadbiri. Vijdon erkinligi ko'p qirrali tushuncha bo'lib, u quyidagilarni bildiradi: har kimning o'z e'tiqodiga ko'ra mazkur jamiyatdagi mavjud ijtimoiy me'yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurganicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan esa unga demokratiya ko'rinishlardan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi. Ko'rinadiki vijdon erkinligi zamirida shaxsning huquqi, demokratiya adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy -siyosiy huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. hozirgi vaqtda vijdon erkinligi demokratiyaning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi barcha davlatlarning ijtimoiy hayotida muhim va shu bilan birga murakkab masalalardan biri bo'lib kelgan. Bu masalada xalqaro me'yorlarga kelsak, BMT ning Ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, dunyoviy davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o'z ifodasini topgan. 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy dekloratsiyasi ga muvofiq har bir inson erkin fikrlash vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o'z dini va e'tiqodini o'zgartirish erkinligi, diniy ibodatlarni bajarishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar bilan birgalikda qatnashish erkinligini o'z ichiga oladi Din va vijdon erkinligi to'grisidagi xalqaro hujjatlardagi yana bir muhim masala, turli dunyoqarash va e'tiqodda bo'lgan kishilar o'rtasidagi, davlat, din, diniy tashkilotlar bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta'minlanishini ham nazarda tutadi. Vijdon erkinligi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tegishli moddalarida aks etgan Vijdon erkinligi, shuningdek Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'grisidagi qabul qilingan qonun xalqaro hujjatlardagi talablarga mos holda tuzilgandir. Din erkinligi nuqtai nazaridan vijdon erkinligi-bu fuqarolarning u yoki bu dinga e'tiqod qilish yohud hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 moddasida qayd etilganidek hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. har bir inson xoxlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'ymaslik. Mazkur qonuniy kafolatga muvofiq biron-bir kishi boshqa odamlarga sen u dinga, sen bu dinga e'tiqod qilasan, sening biror dinga e'tiqod qilishga xaqqing yo'q. Sen bedinsan deb ayta olmaydi. hech kim dindor kishini Diniy e'tiqodingizdan qayting-deb majbur ham qilolmaydi. Dindor yoki daxriy bo'lish o'zi xoxlagan dinga ishonish yoki hech qaysi dinga ishonmaslik har kimning shaxsiy ishi. Bu huquq O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning 31-moddasida qonun bilan mustahkamlangan Vijdon erkinligining ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.97 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.97 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: doc