Turon zaminida islomgacha bo'lgan dinlar haqida tushuncha

Turon zaminida islomgacha bo'lgan dinlar haqida tushuncha

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Turon zaminida islomgacha bo'lgan dinlar haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Mavzu. «Turon zaminda islomgacha dinlar» Reja: 1. Zardushtiylik - majusiylik dinining vujudga kelishi va e'tiqodi 2. Zardushtiylik ta'limoti va axloqi 3. Avestoning muqaddas yozuvi 4. Sobiiylik dini haqida Majusiylik - Zardushtiylik dinining musulmonlarda yoki arablarda nomlanishidir. Yakkaxudolik dini paydo bo'lgunga qadar vujudga kelgan diniy e'tiqodlar, marosim va bayramlarni o'zida ifodalagan edi. Majusiylik tushunchasi - sehrgarlik, animizm, fetishizm, totemizm kabi ibtidoiy din shakllarini ham ifodalab kelgan. Majusiylar quyosh yoki olovga sig'inishgan. Islom dini vujudga kelmasidan burun Markaziy Osiyo xalqlari asosan majusiylik e'tiqodida bo'lishgan. Umuman o'zbek tilida majusiylik atamasi ikki xil manoda ishlatilgan. 1.Zardushtiylik (Zoroastrizm). 2.Umuman butparastlik. O'zbek tilida majusiylik (zardushtiylik) kohinlari mug' deyilgan, yunonlar va ruslar mag-mash, arablar esa, majus shaklida qabul qilganlar. Aslida Zardusht so'zi (zoroastr) zaratxustraning nisbatan yunoncha ko'rinishi. Zaratxustra, chiroyli tuyalarga ega, degan manoni anglatadi. Bu so'z xalq tilida Boqiy yulduzlar deb ham atalgan. Malumki, majusiylik (zardushtiylik) dini O'rta Osiyoda, so'ngra Eronda miloddan avvalgi VII-VI asrlarda paydo bo'lgan. Bu din aqidasiga ko'ra, dunyodagi hamma voqealar yaxshilik va yomonlik, yorug'lik va qorong'ulik (Axuramazda va Axriman) o'rtasidagi kurash bilan bog'liq. Hozirga kunda majusiylikka e'tiqod qiluvchilar soni keskin kamayib ketgan. Ular Hindistonning Bamabay, Gujarot shtatlarida (11500 ga yaqin) va Eronning bazi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Bambayda ularning madaniy markazi Kama nomidagi institut faoliyat olib boradi. Zardusht tug'ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joy xususida ikki xil qarash bor: 1.G'arb nazariyasi bo'lib, unga ko'ra, Midiya (hozirgi Eron hududi) Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan zardushtiylikning qadimgi Eron hududlarida keng tarqalgani bo'lsa, ikkinchidan zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-paxlaviy tilida yozilganidir. 2.Sharq nazariyasi bo'lib, unga ko'ra, Zardusht vatani va zardushtiylik ilk tarqalgan joy Xorazm hisoblanadi. Ko'pchilik tadqiqotchilar ikkinchi fikr tarafdoridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk Xudo - Axuramazda Zardusht bilan aloqa bog'lagan joyi hisoblanadi. Majusiylikda iymon uchta narsaga asoslanadi: 1.Fikrlar sofligi; 2.So'zning sobitligi; 3.Amallarning insoniyligi. Zardusht quyosh, olov, yulduzlar, tog'lar va shunga o'xshash ko'pgina Xudolarni haqiqiy emas, balki barchasi haqiqiy Yaratguvchining maxluqlari, deya bayon qilgan. Zardusht ta'limotlari Eron qabilalari orasida keng tarqalar ekan, bir tomondan ularni o'ziga jalb qilganidek, ta'limotning o'zi ham bir tomondan ta'sirlana boshlagan. Bugungi kunda qadim Eron diniy odatlarining qaysi biri aslida Zardusht ta'limotlariga tegishli bo'lgani yoki keyinchalik unga kirib kelgani borasida juda katta mubhamlik mavjud. Shu bilan bir qatorda bu ta'limot Zardushtdan keyin Eronda muhim bir din holiga kelgan va Islom manbalarida mazkur mintaqa ishonchlarini ifodalash uchun qo'llanilgan. Otashparastlik dini, Zardushtdan oldin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.41 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga