Vijdon erkinligi unga mustaqil O'zbekistonda amal qilinishi

Vijdon erkinligi unga mustaqil O'zbekistonda amal qilinishi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Vijdon erkinligi unga mustaqil O'zbekistonda amal qilinishi - rasmi

Material tavsifi

Vijdon erkinligi unga mustaqil O'zbekistonda amal qilinishi Reja: Vijdon erkinligi uning qisqacha tarixi Vijdon erkinligining qonuniy asoslari, unga O'zbekistonda amal qilinishi Diniy ekstremizm Vijdon erkinligi uning qisqacha tarixi Dunyoviy davlatlarda, yani davlatdan din, diniy tashqi-lotlar ajratib qo'yilgan mamlakatlarda, insonparvar, demok-ratik jamiyatlarda vijdon erkinligi mavjud. Vijdon erkinligi nima? Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin. Dinlarga, diniy urf-odatlarga, imon-e'tiqodga har bir fuqaroning amal qilishi yoki hech qanday dinga amal qilmas-ligi huquqlarini joriy etilishi va ulardan shaxslarning bemalol foydalana olishiga vijdon erkinligi deyiladi. Vijdon erkinligi insoniyat tarixida turli shakllarda amal qilgan bo'lib, ular hukmron diniy mafkura, dunyoqarash talablariga nisbatan ziddiyatda bo'lib kelgan. Vijdoni buyurgan e'tiqodni rasmiy diniy-mafkuraga qarama-qarshi qo'ygan erkin fikrlovchilar e'tiqodi vijdon erkinligidir. Quldorlik, feodalizm, kapitalizm va sotsializm jamiyatlarida vijdon erkinligining quyidagi tarixiy shakllari mavjud bo'lgan: Deizm - tabiatni xudo yaratgan, xudo bilan tabiat ajralmaydi, deb hisoblovchi e'tiqod edi. Shamol xudosi, dengiz xudosi, osmon, chaqmoq xudosi, yer osti va zulmat xudosi, dehqonchilik xudosi mavjud, degan tasavvurlar deizm tufayli mavjud bo'lgan. Masalan, Apollon, Yupiter, Erxubba kabi xudolar greklar, rimliklar, turkiy xalqlarning xuddi shunday xudolari bo'lgan. Yupiter - rimliklarning chaqmoq xudosi edi. Apollon greklarning osmon xudosi bo'lgan. Erxubba - turkiy xalqlarda suv xudosi edi. Deizm tasavvurlari hozir ham malum darajada saqlanib kelmoqda. Panteizm - tabiat o'z sabablariga asosan rivojlanadi, unga xudolar ta'sir qila olmaydi deb hisoblaydigan tushuncha va tasavvurlardan iborat ta'limot bo'lib, bu ta'limot tabiatdagi hamma narsa va hodisalarni xudo yaratgan va ular tomonidan tabiat boshqarib turiladi, deyuvchi xristian, iudaizm, buddizm, islom va boshqa dinlar mafkurasiga qarshi qaratilgan ta'limot edi. Panteizm tabiatshunos olimlar tomonidan ishlab chiqil-gan. Masalan, grek faylasufi Gerakl tabiatni xudolar-dan ham, odamlardan ham hech kim yaratmagan, u qonuniy yonib va so'nib-turadigan mangu olovdan tashkil topgan, deb hisoblagan. Italiyalik olim Jardano Bruno esa har bir yulduz o'zi bir olam, dunyo cheksiz, Injil ko'rsatma-lari uydirmadan iborat, deb hisoblagan. Inkivizatsiya sudi uni 1600 yil 14 aprelda Rim shahrida tiriklayin gulxanda kuydirib o'ldirishga hukm qilgan va bu hukm ijro etilgan. Panteizm vijdon erkinligining tarixiy shakli sifatida hozir ham ayrim olimlar e'tiqodida mavjud. Mutaziliylik - islom dinining rasmiy mafkurasi bo'l-gan kalom falsafasining, yani Alloh yagona, u xohlaganini qiladi, bandalarida hech qanday o'z fikr, xohish-iroda erkinligi bo'lishi mumkin emas, degan aqidalarni cheksiz davat qilgan rasmiy ruhoniylar - mutakallimlardan norozi bo'lib, ulardan ajralib chiqqan islomdagi hurfikrlik mavqeidagi olimlar ta'limoti edi. Mutaziliya ta'limoti Alloh yaratgan har bir odam o'z xatti-harakati uchun o'zi javobgar, yaxshi yoki yomon qilgan ishlari uchun o'zi Alloh oldida javob berishi lozim, inson erkin fikrlashga haqli, deb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.36 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.36 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga