Xalifalar hukmronligi va islomning jahon diniga aylanishi

Xalifalar hukmronligi va islomning jahon diniga aylanishi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Xalifalar hukmronligi va islomning jahon diniga aylanishi - rasmi

Material tavsifi

Xalifalar hukmronligi va islomning jahon diniga aylanishi Reja: Xalifalar hukmronligi va islomning jahon diniga aylanishi Quron - Islomning asosiy manbai va qadimiy tarixiy yodgorlik Aqidalar Xalifalar hukmronligi va islomning jahon diniga aylanishi Yuqorida aytilib o'tilganidek, Muhammad rasululloh 632 yilda vafot etdi. Bu davrga kelib musulmonlar davlati Yamandan Sinoy yarim oroligacha, Qizil dengiz sohillaridan Markaziy Qum sahrosigacha cho'zilgan hududlarni o'z ichiga olgan katta mamlakat edi. Bu erlarda Islom hukmron dinga aylandi. Muhammad vafotidan keyin uning o'rinbosarlari yoki noiblari (arabcha xalifalar) davlatni boshqara boshlaganlar va shu munosabat bilan musulmonlar davlati «arab xalifaligi» deb nom olgan. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning «Mendan keyin xalifalik 30 yil davom etadi. Undan so'ng podshohliklar paydo bo'ladi», degan hadislari bor. (Imom at-Termiziy). Haqiqatdan ham, payg'ambarimiz bashoratlarini tarix tasdiqladi. 30 yil xulofoyi Rashidiylar, Abu Bakr as-Siddiq, Umar bin al-Hattob, Usmon bin Affon, Ali bin Abu Tolib 632-661 yillar davomida islomni asl holida saqlagan holda xalifalik qildilar. Undan keyingi davrlarda xalifalar emas, balki ummaviylar, abbosiylar sulolalariga mansub bo'lgan podshohlik va amirliklar hukmronlik qildilar.(Qarang: Dinlar haqida ma'lumot. Toshkent-200, Buklet. 3-buklam). Dastlab Muhammadning ilk safdoshlaridan biri (Qaynotasi) bo'lgan Abu Bakr Siddiq (hukmronlik davri 632-634 yillar) xalifa deb elon qilingan. Shu vaqtda bir qancha arab qabilalari o'rtasida Madina hukmronligiga qarshi, o'z mustaqilligi uchun harakatlar ham bo'lgan. Lekin ular tezda bostirilgan. Abu Bakr davrida shimoliy hududlarga hujum boshlangan. Vizantiyaning kuchsiz qo'shinlari jiddiy qarshilik ko'rsatishga ojiz edilar. Abu Bakr vafot qilgach Muhammadga uzoq qarindosh, unga sodiq safdosh bo'lgan Umar ibn-ul-Hattob xalifa etib saylanadi. Uning xalifalik davri (634-644 yillar) 10 yilga cho'zilgan. U ikkinchi xalifa edi. Umar davrida Arabistondagi barcha qabilalar bo'sundirildi va ularni Madina hokimiyati qo'l ostida birlashtirish oxiriga etkazildi. Iqtisodiy, siyosiy hamda mafkuraviy jihatlardan mustahkamlanib olgan arab xalifaligining qo'shni mamlakatlarni bosib olish uchun yurishlarining birinchi bosqichi Umar davrida boshlandi. Bu davrda, yani 638 yili Damashq, 640-yili Quddus (Ierusalim) olindi. Falastin va Suriya yerlari to'la ravishda xalifalik qo'liga o'tdi. Shu vaqtning o'zida Mesopatamiya va Eronga ham yurishlar boshlandi. 637 yili arab qo'shinlari Eron poytaxti Tehronga bostirib kirdilar. 644-645 yillarda Hindiston chegaralariga yaqinlashdilar. Shimol va shimoliy-sharq tomonga yurish boshlagan arab qo'shinlari 640 yili Armanistonni bosib oldilar. 639-yilda Misrga hujum boshlandi va 647 yilgacha arablar shimoliy Afrika sohillarini Tunisgacha egallab oldilar. Umar zaharlab o'ldirilgach xalifalik taxtiga Muhammad-ning yaqin do'stlaridan bo'lgan Usmon ibn Affon (uchinchi xalifa) o'tirdi. Uning xalifalik yillari (644-656 yillar) 12 yil davom etgan. U vafot etgach o'rniga payg'ambarning kuyovi va amakisining o'g'li Ali ibn Tolib o'tdi va (656-661-yillar) 5 yilgina xalifalik qildi. Usmon va Ali xalifaligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.96 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.96 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga