Xristianlik dini haqida taqdimot

Xristianlik dini haqida taqdimot

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Xristianlik dini haqida taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Mavzu. «Jahon dini: Xristianlik» Reja: 1.Xristianlik ta'limoti va uni O'zbekistonga tarqalishi 2. Xristianlikning diniy ta'limoti 3. Xristianlikdagi yo'nalishlar 4. Xristianlikning Sharqqa tomon tarqalishi, O'zbekistonda xristian cherkovining tutgan o'rni Xristianlik (Nasroniylik) jahon dinlaridan biri bo'lib, eramiz 1-asrining 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida ko'p xudolik dinlari o'rniga qullar va mazlum elatlarning dini sifatida yakka xudolik (monoteistik) tarzda Iso payg'ambar faoliyati bilan shakllangan. Xristianlik Falastin va O'rta Yer dengizi yahudiylari dinlari doirasida vujudga kelgan; o'nlab yillardan keyin esa boshqa, asosan geografik jihatdan qaralganda Rim imperiyasi bilan bog'liq yoki uning siyosiy va madaniy ta'sirida bo'lgan xalqlar orasida tarqalgan. Yangi va eng yangi tarix davrlarida u mustamlakachilik siyosati va missionerlik natijasida Yevropadan tashqariga ham tarqalgan. Xristianlik Yevropa, Amerika, Avstraliya hamda qisman Afrika va Osiyo qitalariga tarqalib dunyo xalqlarining deyarli uchdan birini (2 milliardini) tashkil etib, jahon dinlari ichida eng yirigi hisoblanadi. Nasroniylar (Xristianlar)ning bunday nomlanishi haqida juda ko'p tortishuvlar fikrlar mavjud bo'lib jumladan Abu Rayxon Beruniy nasroniy nomining kelib chiqishi haqidagi Iso payg'ambar, Tangri uchun kim menga yordamchi bo'ladi, deganida havoriylar, biz Tangri uchun yordamchi bo'lamiz, deganlar. Shunga ko'ra, nasroniy so'zi arabcha bo'lib, yordam, ko'mak so'zidan olingan degan fikrni rad etib, bu so'z Nosiraga, yani, Iso payg'ambar tug'ilgan qishloqqa nisbatdir, deydi. Lekin manbalarda Iso payg'ambar tug'ilgan qishloqni Nosira emas balki Nazaret deb atalgan. Qolaversa, Quronda Iso payg'ambar, Tangri uchun kim menga yordamchi bo'ladi, deganida havoriylar, biz Tangri uchun yordamchi bo'lamiz, deganlar deyiladi. O'sha davrda jamiyatda yuzaga kelgan hukmron doiralar bilan mazlum xalqlar o'rtasidagi ziddiyatni yumshatishga xizmat qilishi mumkin bo'lgan xristianlikdagi diniy g'oyalarni hisobga olgan imperator Konstantin 324 yili bu dinni davlat dini deb elon qilgan. 325 yilda uning ko'rsatmasi bilan Nikey saborida xristianlarning 1-yig'ini bo'lib o'tgan. Unda episkoplar va ilohiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqlab, cherkov tashkilotini takomillashgan holga keltirganlar. Shundan buyon, davrlar o'tishi bilan xristianlik butun Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya qitalariga yoyilgan. Keyinchalik Markaziy Osiyo Respublikalari hududlariga ham qisman etib kelgan jahon dinidir. Xristianlikning muqaddas diniy yozuvi - Bibliyaning ikkinchi qismi - Yangi axdnoma bo'lib, u eramizning I-II asrlarida grek tilida yaratilgan. Bibliyaning xristianlik paydo bo'lmasdan birmuncha oldin yaratilgan 1-qismi Qadimiy axdnoma deb atalib, u yaxudiylikning muqaddas yozuvi hisoblanadi. Bibliyaning ikkinchi qismi - Yangi axdnoma deb atalib, u xristianlikning muqaddas yozuvi deb hisoblanadi. Yangi axdnoma 27 kitob (bob)dan tashkil topgan. Uning tarkibiga 4ta Injil (Yevangilie, yani Xushxabar), havoriylarning (Iso shogirdlari, xristianlikning dastlabki tartibotlari) amallari, 21 risola va Ioanning Vaqiynomasi kiritilgan. Xristianlik boshqa jahon dinlari kabi mutlaq, abadiy, o'zgarmas karomatni, bilimni, benixoya qudratning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 125.99 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 125.99 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga