Xristianlik firqalari Reja: Adventistlar firqasi Baptistlar firqasi Ilk xristianlik firqasi Xristianlikda uchraydigan bazi diniy unvon, lavozim va atamalar izohi Xristianlik firqalari Sekta lotincha-«ajralgan», «uzilgan», «mazhab» demak-dir. Hukmronlik qiluvchi yoki o'tmishda hukmronlik qilgan diniy yo'nalishdan ajralib chiqqan diniy mazhabni odatda ana shu so'z bilan atalgan. Xristianlikda barcha yo'nalishlarda ham firqalar bor. Ayrim sektalar mustaqil diniy oqimga aylanib ketgan. Xristianlikning o'zi dastlab yahudiy dinidagi sekta bo'lganligi boshda aytib o'tilgan edi. Rasmiy hukmron din sektaga mansub ruhoniylarni bidatchilar, ular shaytonning yo'liga kirib ketganlar, deb qoralaydilar, O'tmishda sektantlik harakatlari yangi diniy aqidalar, marosimlar, bayramlar, rivoyatlar, ayrim diniy peshvolar, alviyolar ta'limotiga amal qilish, ijtimoiy-siyosiy sinfiy-tabaqaviy manfaatlar, rasmiy dindan norozilik oqibatlarida va boshqa sabablarga ko'ra kelib chiqqan va rivojlangan. Biroq sektantlik juda xilma-xil bo'lib, uning ichki ziddiyatlari ko'p. Agar sektalarning aksar ko'pchiligi diniy yangi tarixiy sharoitga moslashtirish asosida paydo bo'lgan bo'lsa, shunday sektalar ham borki, ular eski dinni avvalgi holida, hech qanday o'zgarishsiz saqlab qolishga intiladilar. Xristianlikdagi uchta yo'nalishning barchasida ham sektalar borligini hisobga olib, biz sektalarni matnda alfavit asosida bayon qilish maqbul deb hisobladik. Adventistlar firqasi Adventistlar (lot.-voqe bo'lish) protestantsizm sektasi. Sekta XIX asrning birinchi yarmida AQSHda vujudga kelgan. Uning asosichisi Uilyam Miller (1782-1849) «Muqaddas yozuvlar va 1843 yilda yozilgan Isoning ikkinchi marta voqe bo'lishi» hamda uning shaxsan 100 yillik hukmronligi haqida tarix dalillari» kitobida Bibliya tarkibiga kiradigan payg'ambarlar kitoblariga suyanib, Isoning ikkinchi marta kelishiga doir o'zi belgilagan muddatni asoslashga uringan. Bu fikr AQSHda mayda burjuaziya tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Ular payg'ambarning kelishiga muddat o'tib ketsa ham bari-bir isxonaveradilar. Adventistlar bir nechta bo'laklarga bo'linib ketdi. Ular orasida «ettinchi kun adventistlari» eng yirigidir. Ular ta'limotida ham Isoning ikkinchi marta qaytib kelib 100 yil hukmronligi boshlanadigan kunning yaqinligiga ishonish mavjud. Ular oxiratga ham isxonadilar. Adventistlar insoniyat tarixi Iso va shayton o'rtasidagi abadiy kurashdan iborat, bu kurash shaytonning haloqati bilan tugaydi, xalos bo'lishning birdan-bir yo'li adventistlar e'tiqodini qabul qilishdir, deb hisoblaydilar. Adventistlar jonning o'lishiga isxonadilar. Ularning fikriga ko'ra, Iso qaytib kelishi bilan jon tana bilan birga qaytib qo'shilib, tirilish ro'y beradi. Yerdagi hayot xuddi shunga tayyorgarlik uchun berilgan. Adventistlar shanba kunini dam olish kuni deb hisoblaydi, o'z daromadlarining o'ndan bir qismini cherkovga tuhfa qiladilar. Adventistlar o'z noshirlik organlariga, ko'plab shifoxonalariga ega bo'lib, aktiv messionerlik faoliyati olib boradilar. Ular o'z cherkovlariga 1863 yili asos solganlar. Amerika, Afrika, Rossiyada 3 milliondan ko'proq adventistlar bor. Baptistlar firqasi Baptist (yun.-suv bilan cho'qintirish) protestantizmdagi sektalardan biri bo'lib, XVII asrda paydo bo'lgan. Uning asoschilari Gollandiyaga qochib borgan ingliz mahalliy cherkov va jamoalarinig avtonomik prinsipining himoya qiluvchilari ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.44 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.44 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: doc