Xristianlikdagi yo'nalishlar Reja: Katolitsizm (Katolik) yo'nalishi Katolitsizmning aqidalari: Katoliklarning diniy marosimlari Pravoslavie yo'nalishi Protestant yo'nalishi Xristianlikdagi yo'nalishlar Bir butun din bo'lgan xristianlik turli tarixiy shart-sharoitlar, bu dinning mahalliy hukmdorlar manfaatlariga, quldorlik, feodalizm va kapitalizm tuzumlari sharoitiga moslashtirishga qilingan harakatlar tufayli turli yo'nalish-laru sektalarga bo'linib ketgan. Ichki inqiroz va tashqi hujumlar natijasida (german qabilalari) Rim imperiyasi 3-4 asrlarda G'arbiy va Sharqiy qismlarining ajralib ketishiga olib keldi. Rim imperiyasining G'arbiy qismida mayda mustaqil davlatlar paydo bo'ldi. Ulardagi siyosiy hokimiyatga nisbatan cherkovlar hukmronligi ustunroq bo'lib, ularning Rim shahrida joylashgan bosh cherkovga tobeligi saqlanib qoldi. Lekin Sharqiy viloyatlar Vizantiya imperiya-si tizimida yagona davlat bo'lib, davlat siyosiy hokimiyatiga bo'ysinardi. 1054 yilda Vizantiya hududidagi cherkovlar Rim markaziy cherkovidan ajralib ketdi. Shu tariqa xristianlik ikki yo'nalishga - katoliklar va pravoslavie yo'nalishlariga bo'lindi. 16-asrda burjua sinfi va kapitalizm tuzumi manfaatlariga mos keladigan yana bir yangi yo'nalish - protestantizm vujudga keldi. Bulardan tashqari ana shu yo'nalishlar ichida xristian uyushmalari, jamoalari, yani sektalari ham paydo bo'ldi. Katolitsizm (Katolik) yo'nalishi Katolitsizm xristianlikdagi eng keng tarqalgan yo'nalish bo'lib, bu yo'nalishga 800 millionga yaqin kishi sig'inadi. Katolitsizm (grekcha - katolikos degan so'zdan olingan, o'zbekcha manosi - umumiy, butun dunyo cherkovlariga oid, degan mazmunga egadir) yo'nalishidagi dindorlar dastlabki vaqtda Misrdagi Aleksandriya arximandratini tan olgan monofizit-lar deb atalardi. Katolitsizm yo'nalishida barcha diniy marosimlarni bajarish, duolarni o'qish, Bibliya («Yangi ahd») matnini o'qish lotin tilida olib boriladi. Lotin tili qadimgi Rim Lotikiya aholisi gaplashadigan til bo'lib, u lotikiya qabilasining tili edi. Rim aholisi Tibr, Anien daryolari, Apenin tog' tizmalari va Tirren dengizi o'rtasidagi vodiyda yashovchi lotik qabilasiga mansub edi. Hozir lotin tili «O'lik» til hisoblanadi, ammo lotin alfaviti aksariyat Yevropa, Amerika, Avstraliya va boshqa qitalarda yashaydigan aholi grammatikasiga asos bo'lgan. U tibbiyot, matematika, kimyo, fizika kabi fanlarda simvolik belgi sifatida ishlatiladi. O'zbekiston Respublikasida ham lotin alifbosiga o'tish boshlandi. 1962 yilda 2-Vatikan sobori diniy ishlarni milliy tillarda olib borishga ruxsat bergan, ammo lotin tilida olib borish hamon davom etayotir. Katolitsizm yo'nalishi tarixi IV-XX asrlarni tashkil qilib, deyarli 16 asrdan buyon mavjuddir. Bu davr mobaynida katolitsizm aqida va marosimlari, ruhoniy va cherkovlari quldorlik, feodalizm va kapitalizm jamiyatlari uchun bajonidil xizmat qilib kelayotir. Xristianlikning bu yo'nalishi zamona ruhiga, o'zgargan tarixiy shart-sharoitlariga ustalik bilan moslashib yashamoqda. Katolitsizmning aholini turli qatlamlari, sinflari va toiflari orasida ta'siri katta. Katolitsizm markazdan boshqariladi. Rim shahrida Vatikan va Rim papasi barcha katolik cherkovlarga rahbarlik qiladi. Katolitsizmning aqidalari: Katoliklar ilohiyotida (aqidalar) ilohiy troitsaga: ota xudo, o'g'il xudo va muqaddas ruhga e'tiqod qiladilar. Katoliklar «muqaddas ruh», «ota va ...

Joylangan
13 Oct 2024 | 11:01:33
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.03 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Oct 2024 [ 11:01 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.03 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: doc