Xristianlikning aqidalari

Xristianlikning aqidalari

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Xristianlikning aqidalari - rasmi

Material tavsifi

Xristianlikning aqidalari Reja: Xristianlikning aqidalari Xristianlikning marosim va bayramlari Xristianlikning aqidalari Avvalgi mavzularda aytib o'tilganidek, aqidalar din ti-zimida eng muhim falsafiy-nazariy ta'limotlar sifatida muhim o'rin egallaydi. Diniy tasavvurlar, tushunchalar, diniy dunyoqarashdagi nazariy g'oyalar ana shu aqidalarda ifoda qilinadi. Xristianlik aqidalari ham bundan istisno emas, albatta. Xristianlik diniy ta'limotining voqelikni sirli, ilohiy qilib tasvirlovchi asosiy aqidalari bir necha asrlar davomida tarkib topgan. Bu aqidalar quyidagilardir: 1-aqida: Xristianlikning iymon kalimasiga ko'ra dindorlar - ota xudo, o'g'il xudo va muqaddas ruh («muqaddas uchlik») bo'lib gavdalanadigan yagona xudoga e'tiqod qiladilar. Demak, xristianlik monoteistik din ekanligi shu aqidadan malumdir. Ota xudo ko'rinib turgan olam (farish-ta)larni yaratgan, deb hisoblanadi. Iso uning injildagi «tarjimai holi» bilan birlikda O'g'il xudo hisoblanadi. Muqaddas ruh-pravoslavieda ota xudodan, katoliklar esa ham ota-xudodan, ham O'g'il xudodan kelib chiqqan, deb hisoblanadi. 2-aqida: Xristianlik uchun eng muhim aqidaviy g'oya xudoning gavdalanish aqidasi bo'lib, unga binoan Iso xudoligicha qolgan holda, go'yo Mariya ismli qizdan (Bibi Maryam onadan) tug'ilgan payg'ambar deb elon etiladi. Bu aqida Isoga mansub deb hisoblanadigan barcha injil pand-nasihatlarga «ilohiy haqiqat»larga xos hurmatni kuchayti-rishga xizmat qiladi. 3-aqida: Gunohni yuvish aqidasiga katta o'rin berilgan, bunga asosan Iso butga mixlanib tortgan azoblari va o'limi bilan o'zini odamlarning gunohlari kasriga ota xudoga qurbon qilgan va shu tariqa bu gunohlarni yuvgan Bu bilan u go'yo odamzoddagi «gunoh hukmronligidan xalos bo'lish» yo'lini ochib bergan. 4-aqida: Isoning qayta tirilishi aqidasi xristian diniy ta'limotida markaziy o'rin egallaydi. Bu tirilish kelgusida odamlarning hammasi tirilishining (islom dinidagi oxirat-qiyomatdagi odamlarni tirilishi kabi) garovi deb takidlangan. 5-aqida: Osmonga chiqib tushish (Islomda meroj) aqidasi xristianlarni Iso tirilgandan so'ng osmonga, 0ta xudo huzuriga chiqqanligiga ishonish. Mazkur aqida orqali yerdagi hayot odamni oxiratda kutadigan mangulikka nisbatan hech narsaga arzimaydi, degan ishonch uqtirildi. 6-aqida: Xristianlikning «xudo oldida hamma odam tengdir», degan bu aqidasi ijtimoiy tengsizlikni bekor qila olmagan tasavvurdagina barchagi tenglik huquqini bergan edi. Bu tenglik oxiratda amalga oshishini kutishga dindorlar davat etilgan. Xristianlik barcha odamlarning birinchi gunoh qilish tengligini etirof qiladi. To'g'ri, xristianlikda mulkiy tenglik va umumiylik to'g'risida fikrlar bo'lgan, ammo oddiy dindor mehnatkashlar va qullar bilan tabaqa vakillari bo'lgan dindorlar orasida qarama-qarshilik keltirib chiqargan ana shu tenglik g'oyalari injilnomalarda yo'q bo'lib ketgan. Xristianlik aqidalari Tavrot asosida yaratilgan. Ota-xudo butun olamni va odamlarni yaratishi to'g'risidagi aqida ham Tavrotning «Hayot» deb atalgan birinchi kitobidan olingan. «Hayot» da dunyoni yaratilishi haqida shunday deyilgan: «Dastlab xudo osmon va yerni yaratdi. Yer ko'rinmas va bo'm-bo'sh edi, uning usti cheksiz va qorong'i edi. Va xudoning ruhi suvga tushdi. Shundan keyin xudo yorug'likni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.73 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.73 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga